Yevro-2024 1/8 final bosqiçi yakunlandi. Pley-offning bu bosqiçining sönggi kunida ham muxlislar şiddatli bahslar guvohiga aylandi. Rangnikning ertagi kutilganidan ertaroq yakunlandi, ruminlar esa Niderlandiyaga qarşi heç narsa qila olmadi.
Niderlandiya – turnir favoritlaridan biri

Ruminiya – Niderlandiya 0:3
Gollar: 0:1 – 20 Gakpo, 0:2 – 83 Malen, 0:3 – 90+3 Malen.
Ruminiya – Nitse, Ratsiu, Burke, Dreguşin, Mogoş (Rakovitan, 38), Xadji (Alibek, 72), Stançu, Marin, Marin (Çikildeu, 72), Man, Dreguş (Mixeile, 72).
Niderlandiya – Verbryuggen, Dumfris, de Vrey, van Deyk, Ake (van de Ven, 69), Şauten (Verman, 69), Reynders, Simons, Bergveyn (Malen, 46), Gakpo, Depay.
Ogohlantirişlar: Marin (67), Dumfris (77), Stançu (81).
Bu öyinda Ruminiyadan nima kutiş mumkinligini bilib bölmasdi. Bir tomondan, bu Yevroning eng arzon tarkibga ega va yaqqol autsayder maqomidagi jamoalaridan biri edi. Boş tomondan — Eduard Yordenesku şogirdlari saralaş bosqiçini işonçli ötkazgan va turnir guruh bosqiçida ham sensatsiya körsatib, birinçi örinni egallagandi.
Niderlandiya bilan öyinning dastlabki 10-15 daqiqasida ham jamoa dadil harakat qilib, ikkinçi raqam ostida öynamoqçi emasligini namoyiş etib, taşabbusni qölga oldi. Sariq formali futbolçilar kuçli pressing uyuştirişdi va niderlandlar maydonning ikkinçi qismidan öta olmay qolişdi.
Lekin keyin barçasi öz joyiga tuşdi — öyin favoriti maydonda ustunlik qila boşladi. 20-daqiqada esa Havi Simons çiziqlar orasida oçilib, ortdan oşirilgan uzatmani öz vaqtida qabul qilib, öz vaqtida oldinroqqa, Kodi Gakpoga taşlab berdi. «Liverpul» forvardi esa çapdan markazga köçib, himoyaçilarni ortda qoldirdi va darvozabonning yaqin burçagini aniq nişonga oldi.
Hisobda oldinga çiqib olgaç, Kuman şogirdlari bosimni yanada kuçaytirdi va tanaffusgaça 10 bor burçak zarbasini amalga oşirdi.
Tanaffusdan keyin ham niderlandlar töpga va hududlarga egalik qilişdi. Ruminlar hisobni tenglaştiriş uçun hujumga ötganida ortda muammolarga uçradi va raqibning tezkor qarşi hujumlarini ötkazib yubordi. Futbolçilarning tezlik borasidagi farqi yaqqol körinib qoldi. Ammo niderlandlar ketma-ket vaziyatlarni yöqqa çiqardi va öyin oxirlariga qadar qaltis hisob saqlanib turdi. Ikkinçi gol urilgan 83-daqiqaga qadar ikkinçi bölimdagi zarbalar körsatkiçi niderlandlar foydasiga 1:14 körinişida edi (darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar böyiça – 0:3).





















