Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida Neksiya-3 maşinasi 7 yoşli qizni urib yuborgan. Oqibatda, qiz vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 18 sentabr kuni soat 15:00larda davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R-100 Manguzar-Denov avtomobil yölining Oltinsoy tumanidan ötgan 155-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Denov-Oltinsoy yönalişi böyiça harakatlanib kelgan avtobusdan tuşib qolgan ayol 2014 yilda tuğilgan qizi bilan yölni kesib ötayotganda Oltinsoy-Denov yönalişida harakatlanib kelgan Neksiya-3 maşinasi urib yuborgan. Oqibatda, qiz oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, qiz onasi bilan köçani kesib öta boşlaganda onasi tez kelayotgan maşinani körib töxtab qolgan. Qiz esa yugurib ötib ketişga uringan. Şuningdek, uni urib yuborgan Neksiya-3 maşinasi aholi punktida tezlikni belgilangan me'yorlaridan oşirib harakatlangani aniqlangan.