Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida fuqarolarning maşinasini olib ketib, pulini bermagan şaxsga jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 27 mart kuni Jarqörğon tumani Uzumzor mahallasida yaşovçi J.Ahmad, Şerobod tumani Çuqurköl mahallasida yaşovçi, D.Çorining yaşaş uyiga borgan. Söng unga tegişli bölgan «Moskviç-412» maşinasini 4,5 million sömga savdolaşib sotib olgan. Şu kunning özida 1 million söm berib, qolgan pullarni bir oy içida berişni va'da qilib, maşinani olib ketgan. Ammo qolgan pullarni bermagan.
Bundan taşqari, J.Ahmad 2 may kuni Kamar mahallasida yaşovçi, L.Eşmurodning uyiga borib, unga tegişli bölgan «Moskviç-412» maşinasini 4,4 million sömga savdolaşib sotib olgan. Şu kunning özida 300 ming söm pul berib maşinani olib ketgan. Qolgan pullarni bermagan.
Qayd etilişiça, 2021 yil 23 sentyabr kuni Jarqörğon tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan J.Ahmadga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.












