Toshkentda avtobus haydovchilari joriy yilning o‘tgan 2-choragida eng ko‘p qanday qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygani haqida ma’lum qilindi.

“Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, ayrim avtobus haydovchilari tomonidan yo‘nalish davomida bir qator qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etilmoqda.

2024 yilning o‘tgan 2-choragida jami 1392 ta qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, ulardan:

  • 955 tasi uyali aloqa vositasidan foydalanish;
  • 258 tasi tamaki mahsulotini iste’mol qilish;
  • 179 tasi nazorat uchun mo‘ljallangan kuzatuv kameralariga qasddan ziyon yetkazish kabi qo‘pol qoidabuzarliklardir.