28 Oktabr

Urganch shahridagi O‘zbekiston zamonaviy san'ati muzeyida «Xudoybergan Devonov arxividan» nomli fotoko‘rgazma o‘z ishini boshladi.

27 Oktabr

1-25 noyabr kunlari respublikamizning tanlab olingan 4 ta hududi - Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

23 Oktabr

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda quyma platina va simob suyuq metallining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi.

Yo‘lovchilarga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida 25 oktyabrdan boshlab «Toshkent-Urganch-Toshkent» yo‘nalishida 662/661-raqamli qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

20 Oktabr

Xorazm viloyati, Hazorasp shaharchasidagi istirohat bog‘i qayta ta'mirlanib, «Yoshlar bog‘i» deb nomlandi va qayta ochildi.

18 Oktabr

Xorazm viloyat sudi va ma'muriy sudining o‘tgan 9 oydagi faoliyatiga doir axborot jamoatchilikka yetkazildi.

13 Oktabr

12 oktabr kuni tunda Xiva shahri, Sangar mahallasida joylashgan vaqtinchalik buyum bozorida katta yong‘in chiqqan.

11 Oktabr

Iyun oyida Urganch tumanida IIB xodimlari hokimlik topshirig‘iga ko‘ra fuqaroning bug‘doyini tortib olgan edi. Oradan qariyb 4 oy o‘tib, Senat axborot xizmati bug‘doy egasiga qaytarilganini ma'lum qildi. Biroq qonunsizlikka bosh bo‘lganlarga jazo berilgan-berilmagani ma'lum emas.

8 Oktabr

7 oktabr kuni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov Xorazm viloyatida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Partiya matbuot xizmati Qodirovning saylovoldi uchrashuvi davomida aytgan fikrlarini qisqa tezis shaklida taqdim etdi.

Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi 2021 yilning 9 oyi davomida aniqlangan yer qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq holatlar haqida axborot berdi.

7 Oktabr

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq, kelgusi yilda «Do‘stlik-2022» o‘zbek-hind harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

6 Oktabr

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 6 oktabr kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Ko`proq yangiliklar
Top