Foto: Urganç şahar hokimligi

Dastlab u Urganç şahar hokimi Oybek Xolboyev hamrohligida «Işga marhamat» monomarkazi faoliyati bilan tanişdi. Tinglovçilar bilan xususiy va kiçik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandçilikni rivojlantiriş masalalari, muammolari töğrisida suhbatlaşdi. Tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan unumli foydalaniş va yangi iş örinlarini taşkil etiş çora-tadbirlariga alohida urğu berib ötdi.

Foto: Urganç şahar hokimligi

Senat raisi Urganç tumani hokimi Frunze Şaripov hamrohligida «Turkmanlar» mahallasidagi «Ulli hovli» yodgorlik majmuasiga bordi va tarixiy eksponatlar bilan tanişdi. Şuningdek, turkman ayollari va «Ayollar daftari»da turgan xotin-qizlar bilan uçraşib, ularning muammolari va takliflarini eşitdi.

Foto: Urganç tumani hokimligi 

Söngra, Yangibozor tumanidagi «Oça qal'a» mahallasida «Ayollar maslahat kengaşi» a'zolari va faol ayollar bilan uçraşib, xotin-qizlarga oid masalalar, bugungi islohotlar va muammolar haqida suhbatlaşdi.

Foto: Urganç tumani hokimligi

Şundan söng, Tanzila Norboyeva Yangibozor tumanida yangi kutubxonaning tantanali oçilişi marosimida iştirok etdi. Tadbirda tuman hokimi Öktam Qurbonov, bir guruh faollar va yoşlar ham qatnaşdilar. 

Foto: Yangibozor tumani hokimligi

Ma'naviyat va ma'rifat maskanida oçilgan kutubxonada 100 mingdan ziyod turli adabiyotlar töplangan. Alişer Navoiy nomidagi milliy kutubxona bilan internet orqali töğridan-töğri aloqa örnatilgan. 

 Foto:  Yangibozor tumani hokimligi