Fotokörgazma ekspozitsiyasida birinçi özbek fotosuratçisi va kinooperatori, xorazmlik  Xudoybergan Devonovning arxividan joy olgan 50 ga yaqin fotoasarlar namoyiş etilmoqda. Ular Xiva xonligining bir asr oldingi tarixi haqida qimmatli ma'lumotlarni beradi.

Körgazma Xorazm viloyati Turizm va sport boş boşqarmasi tomonidan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda Xorazm viloyati televideniyesining 60 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan.

Fotokörgazma işi 31 oktabr kuniga qadar davom etadi. 

Ma'lumot örnida, Xudoybergan Devonov 1879 yilda tuğilgan. 1908 yilda Sankt-Peterburgga sayohat qilib, 2 oy davomida fotosuratçilik işini örgangan. Xivaga qaytgaç, xonlik hayoti, madaniyati, tarixiy obidalari haqida köplab foto va filmlarni suratga olgan. Uning serqirra ijodi tufayli dunyo ahli Xorazmning qadimiy va öziga xos madaniyati bilan tanişgan. 

Devonov 1938 yilda sovetlar tomonidan hibsga olinib, xoinlikda ayblanib, Yangiyöldagi sisyosiy mahkumlar lageriga yuborilgan. 1940 yilda öşa lagerda vafot etgan. 1958 yilda aybsiz ekani tan olinib, reabilitatsiya qilingan.    

Devonovning fotosurat va filmlardan iborat juda boy kolleksiyasining köp qismi sovetlar tomonidan yöq qilingan.