Xorazm viloyati Xonqa tumanida odam urib yuborib jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan haydovçi qoçib ketgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 18 iyun kuni sodir bölgan.

Şu kuni soat 01:45 larda Urganç-Xonqa avtomobil yöli çekkasida ketayotgan, Xonqa tumani Bunyodkor mahallasida yaşovçi 35 yoşli X.E.ni noma’lum maşina urib yuborgan.

Haydovçi jabrlanuvçiga birinçi tibbiy yordam körsatmasdan hodisa joyidan qoçib ketgan. Oqibatda u olgan oğir tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Qayd etilişiça, hozirgi kunda YTHni sodir etgan haydovçi hamda unga tegişli maşinani aniqlaş va uşlaşga qaratilgan qidiruv-suriştiruv işlari olib borilmoqda.

“Aziz yurtdoşlar, agar siz uşbu yöl-transport hodisasini sodir qilgan şaxs töğrisida biron-bir ma’lumotga ega bölsangiz, 102; 62 220-40-14; 97-602-02-22; 90-713-08-13 raqamli telefonlar orqali xabar berişingizni söraymiz. Jinoyatni foş etişda yaqindan yordam bergan şaxs 10 000 000 söm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi va unga tegişli ma’lumotlar sir saqlanişi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.