Senat relizida aytilişiça, palataning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi murojaatiga muvofiq holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Urganç tuman prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv natijalariga köra, “Khiva sesame” MÇJ rahbari R.Kalandarov jamiyatga kunjut ekiş uçun ajratilgan yer maydonining 10,4 gektarini oğzaki kelişuvga asosan fuqaro I.Rajapovga ğalla ekiş uçun bergan.
Uşbu yer maydonida fuqaro I.Rajapov tomonidan yetiştirilgan 17,2 tonna buğdoy hosili fuqaroning xususiy mulki ekani aniqlanib, öz egasiga qaytarildi.
Xususiy mulk daxlsizligi ta'minlandi”, – deyiladi parlament yuqori palatasining rasmiy axborotida.
Senat axborotida fuqaroning xususiy mulkiga tajovuz qilib, reyderlik yöli bilan buğdoyini tortib oliş jarayonida iştirok etgan Urganç tumani hokimligi va IIB mulozimlarining xatti-harakatlariga qanday huquqiy baho berilgani oçiqlanmagan.
Şuningdek, heç qanday xat-hujjatlarsiz 30 tonna buğdoyi olib ketilganini aytgan fuqaroga nima uçun 17,2 tonna buğdoy qaytarilganiga ham oydinlik kiritilmagan.
Internetda hodisa videosi tarqalgaç, Xorazm viloyati prokuraturasi tuman işçi guruhi a'zolari va IIB xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş maqsadida Urganç tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilayotgani, viloyat IIB tomonidan videotasvirdagi içki işlar organlari xodimlari harakatlariga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilayotganini ma'lum qilgan edi.
Mazkur tekşiruvlar natijasi oçiqlanmay qolmoqda.













