19 oktabr kuni bölib ötgan tantanali tadbirda Hazorasp tuman hokimi Öktam Maşaripov, Xorazm viloyati hokimi örinbosari San'at Salayev, mehnat faxriylari va boşqa mehmonlar, yoşlar iştirok etişdi.

Şaharça markazidagi «Yoşlar boği» mahalliy budjet mablağlari va homiylar kömagi bilan qayta ta'mirlandi. Darvozasi yangiça köriniş oldi, ustiga elektron tablo örnatildi. Piyodalar yölaklari barpo etilib, favvora ta'mirlandi. 

Turli tomoşalar uçun möljallangan mö'jaz amfiteatr barpo etildi. Şuningdek, köplab karusel va attraksionlar örnatildi

Tantanali tadbir san'atkorlarning kuy-qöşiqlari, harbiylarning körgazmali maşğulotlarini öz içiga olgan tomoşa bilan yakunlandi.