Şimoliy Koreya Rossiyaga içida beş millionga yaqin artilleriya öq-dorilari bölişi mumkin bölgan konteynerlar jönatdi. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vaziri Şin Von Sik 14 iyun, juma kuni Bloomberg agentligiga bergan intervyusida aytib ötdi.

Vazirning ta’kidlaşiça, Seul Şimoliy Koreyadan Rossiyaga kamida 10 000 ta yuk konteynerlari olib ketilganini qayd etgan. Uning sözlariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, ehtimol, Pxenyanga yaqin kelajakda rejalaştirilgan taşrifi çoğida keyingi ta’minotni muvofiqlaştirişga harakat qiladi. 

«Putin Şimoliy Koreya bilan xavfsizlik sohasida, ayniqsa, foydalaniş uçun zarur bölgan artilleriya snaryadlari kabi harbiy ta’minot sohasida yaqinroq hamkorlik qilişga intilişi kutilmoqda», - deya Şinning sözlaridan iqtibos keltiradi agentlik. Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi rahbarining sözlariga köra, Pxenyan Rossiyaga önlab ballistik raketalarni ham yuborgan. 

Bunga javoban Moskva Şimoliy Koreyaga bir neçta ayğoqçi sun’iy yöldoşlarni, şuningdek, tanklar va samolyotlar kabi oddiy qurollarni joylaştiriş rejalarini amalga oşirişda yordam beriş uçun texnologiyani topşirdi, deya ta’kidlaydi naşr. 

Putinning Şimoliy Koreyaga rejalaştirilgan taşrifi 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin haftalarda Şimoliy Koreyaga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi «Vedomosti» gazetasi 10 iyun kuni diplomatik doiralardagi manbasiga tayanib. Hozir Putinning Pxenyanga taşrifiga «faol tayyorgarlik körilmoqda», dedi Rossiyaning KXDRdagi elçisi Aleksandr Matsegora naşrga. Bundan taşqari, «Vedomosti»ning yozişiça, Putin Vetnamga taşrif buyuriş niyatida. Naşr manbalaridan biriga köra, ikkala safar ham iyun oyida bölib ötişi mumkin.

«Vedomosti» qayd etişiça, Putinning KXDRga taşrifi çoğida Şimoliy Koreya işçilarini Rossiyaga yuboriş masalasi ham muhokama qilinişi mumkin. Reuters agentligining eslatişiça, Ukrainaga qarşi uruş tufayli Rossiya iqtisodiyoti ötkir işçi kuçi tanqisligiga duç kelmoqda, çunki köplab erkaklar frontga jönatilgan, ularning bir qismi harbiy xizmatdan qoçiş uçun mamlakatni tark etgan. 
 
Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In 2023 yil sentabrida Rossiyaga taşrif buyurib, zirhli poyezdda Uzoq Şarqqa kelgan edi. Taşrif davomida u Vladimir Putinni Şimoliy Koreyaga taklif qildi, Rossiya prezidenti bunga rozi böldi. Fevral oyida Kim Çen Inning tuğilgan kunida RF Şimoliy Koreya yetakçisiga Rossiyada işlab çiqarilgan limuzin sovğa qilgan va şu bilan BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan KXDR yadroviy dasturi tufayli Pxenyanga qarşi joriy qilingan sanksiyalarni buzgan edi.

Şu paytgaça Putin KXDRga faqat bir marta – Şimoliy Koreyani Kim Çen Ir boşqargan 2000 yilda, birinçi prezidentlik muddatining borgan.