Özbekistonning birinçi raqamli erkak tennisçisi Denis Istomin Sankt-Peterburgda bölib ötayotgan St. Petersburg Open 2015 musobaqasining yarimfinaliga çiqiş uçun kuraşadi.

Jahonning 62-raqamli tennisçisi nemis tennisçisi Benjamin Bekkerni 2:6, 7:6 (7:5), 6:4 hisobi bilan mağlub etib, musobaqaning çorakfinaliga yöl oldi.

Ikki tennisçi örtasidagi barça uçraşuvlardagi hisob Istomin foydasiga 6:1 körinişini oldi.

Istomin çorakfinalda jahonning 21-raqamli tennisçisi avstriyalik Dominik Tim bilan bellaşadi. Bu uçraşuv tennisçilarning uşbu oydagi ikkinçi uçraşuvi böladi. Birinçi uçraşuv US Open musobaqasining 2-raundida bölib ötgan va unda Istominning uçraşuvni davom ettirişdan voz keçişi sababli Timning qöli baland kelgan edi. 

Bu orada Istomin mahalliy jurnalistlarga albatta Ermitaj muzeyiga taşrif buyurişga va'da berdi. “Keyingi haftada Xitoyda musobaqa bor, biroq u biroz kutib tursa böladi”, deb hazillaşib qöydi Istomin.