Trampizm mağlubiyati
AQŞda Kongress uçun oraliq saylovlar ötkazildi. Trampning taʼbiri bilan aytganda, «byulletenda uning nomi yöq edi», lekin bu aynan AQŞ prezidentining ikki yillik faoliyatiga berilgan baho böldi. Respublikaçilar partiyasi saylovda qaqşatqiç mağlubiyatga uçradi. Ularni anʼanaviy qöllab kelgan ştatlarda ham demokratlar ğolib böldi. Saylovlardagi eng yirik «qizil» ştat Texasda demokratlar ğolib bölgani barçasini körsatib turibdi. Hatto 94 yildan buyon respublikaçilarni qöllab kelayotgan Kanzasda demokrat nomzod ğolib böldi, bunaqasini amerikaliklar tasavvur ham qilolmasdi.
Trampning siyosatidan kelib çiqib Vakillari palatasi demokratlar nazoratiga qaytişini köpçilik taxmin qilgandi, lekin senat ham demokratlarga ötişi, ötganda ham bunaqa yaqqol ğalaba bilan ötişini hatto eng işonçli sörovnomalar ham taxmin qilolmagandi.
Saylov natijalari, şubhasiz, Trampning harakatlariga boğliq böldi. Uning Isroil manfaatlari uçun iş qilgani, Eronda Amerika uçun heç qanday mantiqsiz uruş boşlagani mağlubiyat sabablaridan böldi. Ikki yil davomida amerikalik Kongress borligini ham unutib qöyişdi. Çunki Amerika parlamenti tölaligiça Tramp nazoratida bölgani uçun uning harakatlarini tiyib turuvçi heç qanday harakat amalga oşirmadi. Vaholanki, Amerika siyosati aynan Kongress prezident vakolatini çeklaşi bilan boşqa respublika şaklidagi davlatlardan farq qiladi.
Tramp ikkinçi muddatga kirişişi bilan barça qoidalarni özgartirib yubordi, Amerikani mutlaq prezident boşqaruvidagi davlatga aylantirib qöydi. Va buning uçun saylovda qimmat tovon töladi. Endi yangi yildan Kongress Trampning faoliyatini keskin çeklaydi, unga ortiq uruşiş imkoni ham berilmasa kerak.
Aytgança, Tramp jamoasida böliniş yuzaga kelganining nişonalari körina boşladi. Vitse-prezident Vens oçiqçasiga mağlubiyatda uruşni sabab qilib körsatib, Trampga qarşi gapirdi. Davlat kotibi Rubio «maʼmuriyatdan ketib, ikki yildan keyingi saylovga tayyorlanmoqçi ekani» haqida yozib çiqişdi. Mudofaa vaziri Hegset esa hamma muammoga aybdor sifatida körsatib, işdan ketkazilişi mumkin ekan. Xullas, Tramp jamoasida xaos boşlandi.
Isroilda nima gap?
Isroilda saylov bölgandi, şuni natijasi nima böldi, Netanyahu ketdimi, deb qiziqyapti köpçilik. Çindan saylov natijalari mujmal bölib turibdi. Netanyahuning «Likud» partiyasi hammadan köp ovoz oldi, lekin bu hukumat tuziş uçun yetarli bölmadi. Uni qöllovçi boşqa partiyalarni qöşganda ham 61 örin yiğilmadi. Muxolifat ham kerakli ovozlarni yiğolmadi, lekin ularda saylovda sensatsiya qayd etgan arab partiyalarni qöşib hukumat taşkil qiliş imkoni bor.







