Fransiya hukumati teraktlar tufayli Parijda bölib ötadigan iqlim böyiça xalqaro sammitni bekor qilmoqçi emas, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Diplomatik manbaning aytişiça, fransuz hukumati iqlim masalalariga bağişlanadigan sammitni heç qanday vaziyatda bekor qilmaydi yoki boşqa sanaga köçirmaydi.

Sammit Parijda dekabr boşida ötkazilişi rejalaştirilmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Parijdagi teraktlar oqibatida kamida 128 kişi halok böldi. Parij politsiyasi 8 nafar terrorçining ölgani haqida ma'lumotga ega. Terrorçilardan 7 nafari xudkuşlar kamaridan foydalanib portlaşlar amalga oşirgan. Parijda favqulodda vaziyat tartibi kiritildi.