Suriyadagi muxolif kuçlardan biri bölmiş "Ozod Suriya armiyasi" vakili Johid Ahmadning ma'lum qilişiça, uning guruhdoşlari öz tasarruflaridagi hududga tuşgan Su-24 uçuvçisining jasadini Suriya hukumati qölida asirlikda bölgan öz safdoşlaridan biriga almaştiriş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.

Bundan taşqari, Ahmad muxolifatdagilar ikkinçi uçuvçining jasadini izlayotgani haqida xabar qilgan.

U muxolifatdagilar uçuvçining jasadini guruhning asirlikdagi aynan qaysi vakiliga almaştirişni istayotgani haqida aytmagan.

Biroz oldinroq, Turkiya tomonidan çegarani buzib ötgani uçun urib tuşirilgan Rossiyaga tegişli Su-24 harbiy bombardimonçi samolyotining 2 uçuvçisi ham halok bölgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bu ma'lumot rasman tasdiqlanmagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining ta'kidlaşiça, samolyot faqat Suriya hududida parvoz qilgan.