Xitoylik milliarder, Fosun Group kompaniyasi rahbari Go Guançan aksilkorruptsion tergov yuzasidan olib borilayotgan iş böyiça qölga olingani haqidagi miş-mişlar ortida sirli yöqolganidan keyin bir hafta ötib Nyu-Yorkda köriniş berdi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal naşri.
Ta'kidlanişiça, Go Guançanning Manxettendagi restoranlardan birida keçki ovqat tanovul qilayotgani tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor hukumat tomonidan bir maxsus tergovda iştirok etgani haqidagi izohlar bilan paydo böla boşladi.
Mojaro ötgan haftada, Fosun top-menejyerlari Guançan bilan aloqani yöqotib qöyganlaridan keyin yuz berdi. Oqibatda top-menejyerlar kompaniyaning aksiyalarini Gonkong birjasida sotişni töxtatib qöyişdi.
Kompaniya vakili Fosun rahbari keyingi haftada Monrealga borişini tasdiqladi. Jahon OAVlari Go Guançanni Xitoyning Uorren Baffeti deb ataydilar. 2015 yilda u Forbes talqini böyiça xitoylik milliarderlar orasida 34-örinni egallagan. Guançanning boyligi 2,12 mlrd dollarga baholanmoqda.
Avvalroq Fosun International AQŞning tijoriy köçmas-mulk brokeri Cushman & Wakefield Inc. kompaniyasini sotib oliş ehtimolini qörib çiqayotgani ma'lum qilingandi.






