Davlatimiz rahbarining 2015 yil 31 dekabrdagi farmoniga muvofiq mamlakatimizning sport sohasidagi şon-şuhratini yuksaltiriş, xalqaro maydonda özbek futboli nufuzini oşiriş, milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantiriş borasidagi katta xizmatlari hamda yoş avlodni ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaş işlariga qöşgan munosib hissasi uçun R.Ermatov “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Vatanimizning yuksak mukofoti – “Buyuk xizmatlari uçun” ordenini va Prezidentimiz sovğasi – “Malibu” avtomobili kalitini R.Ermatovga Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Ş.Mirziyoyev tantanali ravişda topşirdi.
– Xalqaro maydonlarda Vatanimizni şaraflaş, uning obrösi yuksalişiga hissa qöşiş – eng oliy baxt, – dedi Ravşan Ermatov. – Nufuzli musobaqalarda heç kimdan kam emasligimiz va kam bölmasligimizni isbotlaşdek ezgu maqsadimizga yetişayotganimizdan xursandmiz. Bu Yurtboşimiz rahnamoligida sportga, sportçilarga, jumladan, futbolni rivojlantirişga qaratilayotgan doimiy e'tibor va ğamxörlik samarasidir. Kamtarona mehnatlarimni Vatanimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlagani uçun Prezidentimizga çeksiz minnatdorlik bildiraman. Bu katta işonç yanada yuksak marralar sari rağbatlantiradi.






