Xitoyda bekobodlik marafonçi Andrey Petrov kvalifikatsion normativni muvaffaqiyat bilan bajarib, 2016 yilgi Olimpiadaga yöllanmani qölga kiritdi, deb yozadi “Pravda Vostoka” naşri.

Bu Özbekiston yengil atletika federatsiyasi vakillari qölga kiritgan sakkizinçi yöllanmadir. Birinçisiga surxondaryolik marafonçi Sitora Hamidova ötgan yil aprelida Varşavada ötkazilgan xalqaro turnirda erişgan edi. U, şuningdek, Özbekistonning 10 ming m ga yuguriş böyiça oçiq çempionatida olimpiada talablarini bajardi.

Rio-de-Janeyroda ötajak musobaqaga tayyorgarlik köra boşlagan sirasida London Olimpiadasi iştirokçisi, Osiyo öyinlari çempioni Svetlana Radzivil, boğa uloqtiruvçi Suxrob Jörayev, jizzaxlik stayer Marina Xmelevskaya, toşkentlik sportçilar Bobur Şokirjonov (nayza uloqtiriş), Yekaterina Voronina (yetti kuraş) bor.

Mutaxassislar joriy mavsumda normativlarni qit'a öyinlari kumuşi egalari Leonid Andreyev (ön kuraş) va Aleksandra Kotlyarova (uç karra sakraş), şuningdek, Osiyo yoşlar forumida uçinçi örin sohibiga aylangan Ivan Zaytsev (nayza uloqtiriş), Nadiya Dusanova (balandlikka sakraş), Yuliya Tarasova (yetti kuraş). Braziliyaga yöl olişga da'vogarlik qilayotganlar içida boşqalar ham bor. 2016 yilgi öyinlarda Özbekistonning 15 yengil atletikaçisi iştirok etişi rejalaştirilmoqda. Naşrning ta'kidlaşiça, bu boşqa federatsiyalarning delegatsiyalaridan ança kattaroq miqdor böladi.