Myunxenning «Bavariya» klubi boş murabbiyi Xosep Gvardiola özining Angliya işlaşni istaşi borasidagi gap-sözlardan keyin ingliz yetakçi klublari murabbiylarining bosim ostiga qolib ketgani uçun uzr söradi.

«Men hammasi şunday tus olganidan afsusdaman. Men özimning futbolçilar va murabbiylik faoliyatim davomida ham öz hamkasblarimga doimiy ravişda hurmat bilan munosabatda bölib kelganman. Şuning uçun yuzaga kelgan vaziyat uçun murabbiylardan uzr sörayman. Menda şunday [boşqa murabbiylarni bosim ostida qoldiriş] reja yöq edi», deya Gvardiolaning sözlaridan iqtibos keltiradi ESPN.

Eslatib ötamiz, kataloniyalik mutaxassis mavsum yakuniga yetgaç, jamoani tark etadi. U bunga Angliyada işlaşni xohlayotgani bilan izoh bergandi. Sönggi ma'lumotlarga köra Gvardiola «Mançester Siti»ni boşqaradi. Biroq, şu kunga qadar uning «Mançester Yunayted», «Çelsi» va «Arsenal» jamoalarini boşqarişi borasida ham turli miş-mişlar tarqalgandi.