«Barselona» boş murabbiyi Luis Enrike futbolçilarning penaltidan foydalana olmayotgani haqidagi savolga öz fikrini bildirib ötdi.
– Foydalanilmayotgan penaltilar borasida nima deya olasiz?
– Darvozalarni xuddi regbi darvozasi kabi katta qiliş kerak. Jiddiy aytadigan bölsam, öyinimizning boşqa jihatlari bilan birga penaltilar seriyasi ustida ham işlaşimiz kerak.
– Jamoaning eyforiya holati sizni bezovta qilmayaptimi?
– Agar men buni jamoaning içida, kiyiniş xonasida körganimda, bundan xavotir olardim, bunday holat yöq. Jamoamiz aniq maqsadlarga öz e'tiborini qaratgan. Biz ötgan yilgi natijalarni takrorlaşga harakat qilamiz. Xavotirli narsani körmayapman. Öyinçilar ğalaba qozonişda davom etiş qiyinligini bilişadi, – deydi Luis Enrike.
Eslatib ötamiz, uşbu haftada hujumçi Luis Suares Ispaniya çempionatining 16 turining qoldiriligan öyinida (3:1 hisobidagi ğalaba qayd etilgan «Sporting Xixon»ga qarşi uçraşuv - tahririyat) penaltidan gol ura olmadi. Qolaversa, jamoaning boşqa hujumçilari Messi va Neymar ham oxirgi vaqtdarda penaltini xato bajarişni "odat qilişgan". Xususan, Messi özi oxirgi 16ta penaltisidan 7tasida gol ura olmagan.






