Xitoyning Xaynan viloyatining 2015 yilda sayyohlikdan olgan daromadi 13 foizga oşib, 57,25 mlrd yuanni (8,79 mlrd dollar) taşkil qildi, deb xabar bermoqda viloyatning sayyohlik işlari böyiça qömitasi bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi. Ötgan yili orolga 53 mln sayyoh taşrif buyurgan, bu esa 2014 yildagidan 11,4 foizga köproqni taşkil qilgan.

Xitoy hukumati bu ösiş dinamikasi saqlanib qolişi va orolga borgan sari köproq xorijliklar, jumladan rossiyaliklar kelişiga umid bildirmoqda.

"2016 yilda orol 58,69 mln sayyohni, şu jumladan 640 ming xorijlikni kutib olişni va sayyohlikdan olinadigan daromadni 65 mlrd yuanga yetkazişni möljallamoqda", deb aytildi qömitada.

2010 yildayoq Xitoy hukumati Xaynanni xalqaro sayyohlik oroliga aylantirişga qaror qilgandi. Xitoy rejalariga muvofiq, 2020 yilgaça viloyatga har yili 80 mln dan köproq sayyoh, jumladan 1,2 mln xorijlik taşrif buyurişi va sayyohlikdan olinadigan daromad 100 mlrd yuandan köproqni taşkil qilişi möljallanmoqda.