Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari Bryussel teraktidan keyin Facebook’da «Xavfsizlik tekşiruvi» funksiyasi juda keçikib işga tuşirilganidan şikoyat qilişmoqda. Bu haqda RTBF xabar bergan.
Qayd etilişiça, Parij terakti vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda odamlar öz yaqinlarining qayerdaligini biliş uçun feysbukning maxsus xizmatidan qulaylik bilan foydalanişgandi.
Naşrning yozişiça, ba'zi foydalanuvçilar bunda tarafkaşlik alomatlarini körişgan.
Funktsiya yoqilganda, foydalanuvçining halokat hududida joylaşgan-joylaşmaganligi aniqlanadi, keyin esa «Hammasi joyidami?» degan sörov çiqadi. Bunga foydalanuvçi «Men xavfsiz joydaman» deb javob berişi mumkin va bu xabar uning barça döstlariga jönatiladi, şuningdek sahifadagi tasmada çop etiladi.
Bryusselning «Zaventem» aeroportida 22 mart, seşanba kuni ikki portlaş yuz berdi. Birinçi portlaş uçib ketiş zalining American Airlines’ga tegişli qismida yuz bergan. Aeroportdagi portlaşlar tufayli 17 kişi halok bölgan. Keyinroq şahar metrosining 3ta bekatida 4ta bomba portlagan va 10dan ortiq kişi halok bölgan.
IŞID Bryusseldagi teraktlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi






