Dunyoning köplab mamlakatlarida faoliyati taqiqlangan IŞID terroristik taşkiloti Bryussel aeroportida va metro bekatlarida sodir etilgan teraktlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Bu haqda Misrning "Amaq" naşriga asoslangan holda TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.
Eslatib ötamiz, 22 mart kunining birinçi qismida Belgiya poytaxtidagi «Zaventem» aeroportida yuz bergan ikki portlaş oqibatida kamida 17 kişi halok bölgani, 30dan ortiq kişi tan jarohati olgan.
Şuningdek, keyinroq şahar metrosining 3ta bekatida 4ta bomba portlagan va 10dan ortiq kişi halok bölgan.
Butun Belgiya böylab terrorçilik tahdidining eng yuqori darajasi e'lon qilingan.






