Ukrainaning «Şaxtyor» klubi boş murabbiyi Mirça Luçesku Yevropa Ligasining 1/2 final bosqiçida «Sevilya» imkoniyatni boy berganidan (1:3, 2:2) keyin öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Lvovda ham (birinçi uçraşuv ötkazilgan şahar — Kun.Uz), bugun ham birinçi bölimdan keyin bu jamoa bilan finalga çiqa olişimizga işongandim. Ammo bizga bardoş yetişmadi. Ikkinçi bölimda «Sevilya»ga töp nazoratini ham topşirib qöydik. Şuningdek, ikki marta ham «Sevilya» foydalangan qarşi hujumlarni ötkazib yubordik. Men barça futbolçilar öyinidan qoniqiş hosil qildim. Sababi biz öz iştirokimiz orqali Ukraina futboliga muhim oçkolarni taqdim etdik.
Öylaşimça, bu uçraşuvni Ispaniyada emas Lvovda boy berib bölgandik. Öşanda biz birinçi bölimdayoq uçraşuv taqdirini hal qilişimiz mumkin edi», – deya Luçeskudan iqtibos keltiradi Tribuna.com «Futbol 1» telekanalidagi intervyusidan foydalanib.










