Rossiya armiyasi qanotli raketalar bilan Zakarpatiye viloyati Mukaçevo şahridagi korxonalardan biriga hujum qildi, omborxonalar vayron böldi, dedi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Miroslav Biletskiy.

21 avgust ertalabki holatga köra, 12 kişi yaralangan, ular turli darajada tan jarohati olgan.

Mukaçevo rahbari Andrey Baloganing aytişiça, «şahar va tumanning minglab aholisini iş bilan ta’minlagan» fuqarolik korxonasiga hujum qilingan. «Politika Strany» naşrining yozişiça, Flex elektronika zavodi zarbaga uçragan.

Rossiya dronlari va qanotli raketalari tunda Lvovga ham hujum qildi, dedi şahar meri Andrey Sadoviy. Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lum qilişiça, portlaşlar şaharning bir neçta tumanlarida qayd etilgan - xususiy uylar, noturar binolar va transport vositalariga zarar yetgan.

Hujum oqibatida bir kişi halok bölgan, uç kişi jarohatlangan. Lvov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiyning ma’lum qilişiça, portlaş tölqini önlab uylarga zarar yetkazgan.