Falastinning «Xamas» harakati Isroil bilan uruş qilişni istamaydi va şu bilan birgalikda isroilliklarning Falastin zaminiga bostirib kirişiga yöl qöymaydi. Bu haqda harakat yetakçisi Ismoil Xaniya ma'lum qilgan.

«Ayirmaçilik harakatlari Ğazo sektori çegarasida bufer zona (töqnaşuvçilar orasidagi uçinçi betaraf hudud) hosil qilişga imkon bermaydi», degan u.

Uning qöşimça qilişiça, Misr, Qatar, Turkiya va BMT vakillari bölgan vositaçilar Ğazo sektorida tinçlik örnatişga erişiş uçun iş olib bormoqda.

Xaniyaning bayonoti Falastin-Isroil nizosining keskinlaşuvi fonida yangradi.

Hozirgi vaziyat hududda 2014 yildan buyon ziddiyatlarning eng kuçaygan pallasidir.

2007 yilda Isroil va «Xamas» örtasida 3 marta qurolli töqnaşuvlar bölib ötdi. 2014 yilning yozida yuz bergan töqnaşuvlar tufayli 2,2 mingdan ortiq falastinlik hamda 70 nafardan ortiq isroillik halok bölgandi.