8 may kuni Xitoyning Taynin uyezdidagi (Şarqiy Xitoy, Futszyan viloyati)  quriliş maydonçasida yuz bergan yer köçkisi tufayli qurbon bölganlar soni 19 nafarni taşkil qilmoqda. Bu haqda China News Service xabar bergan.

Dastlabki xabarlarda bu hodisa tufayli 8 kişining ölimi qayd etilgani haqida xabar berilgandi. Yana 25 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.

Yer köçkisi 8 may kuni ertalabki payt kuçli yomğirlar oqibatida sodir böldi. 100 ming kub metr loy va toğ jinsi mahalliy gidroelektrostansiyasining quriliş maydonçasiga qoya böylab pastga öpirilib tuşgan hamda işçilar tunayotgan turar-joy va ma'muriy binoni bosib qolgan.

Hududda qutqaruvçilar va politsiya vakillari iş olib borişmoqda.

Mamlakat rahbari Si Tszinpin jabrlanganlarga yordam beriş böyiça körsatma bergan. U şuningdek, şunga öxşaş hodisalarning iloji bor qadar takrorlanmasligini ta'minlaş uçun tegişli tekşiruvlar ötkaziş böyiça mas'ul amaldorlarga vazifa yuklagan.