Qirğizistonda yer köçkisi oqibatida odamlar qurbon bölgani munosabati bilan 30 aprel motam kuni deb e'lon qilindi.
Bu haqda Interfaks respublika prezidenti Almazbek Atamboyev farmoniga asosan xabar berdi.
«Fojia fuqarolarimiz hayotiga zomin böldi, bu butun Qirğiziston xalqi uçun bu oğir yöqotiş. Davlat organlari tomonidan jabrlanganlar va halok bölganlar jasadini qidirib topiş böyiça qutqaruv işlari ötkazilmoqda, ularning yaqinlariga kömak beriş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda», - deyiladi farmonda.
Avvalroq Qirğizistonning Öş viloyati janubida yuz bergan kuçli tuproq köçkisi oqibatida 24 kişi halok bölgani haqida xabar bergandik.












