IŞIDga qarşi qöşma amaliyotlar ştabi rasmiysi general Yahyo Rasul az-Zubaydiyning ma'lum qilişiça, jangarilar Iroqdagi harbiy bazalarda egallab olgan harbiy texnikalarini Suriya hukumati tomonidan qamal qilinayotgan Raqqa şahri mudofaasini mustahkamlaş uçun jönatgan.
"IŞID tomonida Iroqda qölga kiritilgan harbiy texnikalarning katta qismi havo zarbalari vositasida yöq qilingan, qolgan qismi esa Suriyaga, Raqqa şahrini Suriya armiyasidan himoya qiliş uçun yönaltirilgan", deya generalning sözlarini keltiradi RIA Novosti.
Iroq harbiylari va şialardan tarkib topgan bölinmalar ötgan haftada Al-Fallujani ozod etiş uçun yuriş boşladi. Ötgan vaqt içida IŞIDning bu şahardagi qismlari qömondonlaridan biri Hoji Hamza öldirildi.
Bu vaqtda Suriya armiyasi IŞID poytaxti sanaladigan Raqqaga hujum qilmoqda.







