FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter, taşkilotning sobiq boş kotibi Jyerom Valke va uning örinbosari, moliyaviy direktor vazifasini bajargan Markus Kattner keyingi 5 yil davomida FIFA hisobidan jami 80 mln dollar miqdoridagi mablağni bonuslar körinişida öz hisoblariga ötkazib olişgan. Bu haqda AP xabar tarqatdi.
Yozef Blatter JÇ-2014 va JÇ-2018 uçun bonuslar körinişida 38 million 380 ming dollar, Jyerom Valke – 40 million 198 ming dollar (11,1 million dollari – JÇ-2018 uçun), Markus Kattner – 11 million 842 ming dollar (4,5 million dollar – JÇ-2018 uçun) olgan.
Yurist Bill Burkning aytişiça, FIFAning sobiq uç nafar amaldori "qinğir yöl orqali boyiş" maqsadida amalga oşirgan harakatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar qölga kiritilgan.
Eslatib ötamiz, bugun Şveytsariya prokuraturasi tomonidan FIFAning Tsyurixdagi qarorgohida tintuv ötkazildi va bir qator hujjatlar olib ketildi.
Prokuratura vakili bugungi tekşiruvlar Janni Infantinoga aloqador emasligini bildirdi.
FIFA amaldorlarining poraxörligi bilan boğliq mojarolar ötgan yilning may oyida oşkor böldi. Şveytsariya huquq tartibot organlari xodimlari taşkilotning bir neça nafar yuqori martabali amaldorlarini pora olişda gumon qilib qamoqqa oldi.
Bu mojarolar fonida Yozef Blatter iste'foga çiqdi. 2016 yilning fevralidagi saylovdan keyin Janni Infantino taşkilotning yangi rahbariga aylandi.







