«Lester» hujumçisi Jyeymi Vardining rafiqasi Rebeka öz erining «Arsenal»ga ötayotgani haqidagi xabarlardan keyin darğazab bölgan jamoa muxlislariga murojaat qildi.
«Bilib qöying, «Lester» muxlislari, meni haqorat qilmasligingiz kerak. Men erimning qaroriga aloqador emasman. Meni bunda ayblaşingiz adolatdan emas», – deb yozgan Rebeka Vardi öz tvitterida.
Bundan oldinroq, «Arsenal» Vardini 20 million funt evaziga transfer qilişga kirişgani haqida xabar berildi. Futbolçi londonliklar jamoasi safiga ötayotgani haqidagi xabarni «tulkilar» murabbiyi Klaudio Raneri ham tasdiqladi.
29 yoşli futbolçi bugun londonliklar jamoasi bazasida tibbiy körikdan ötadi.
«Arsenal» Vardining transferini Yevro-2016 musobaqasigaça amalga oşirişga şoşilmoqda. Futbolçi duşanba kuni Angliya terma jamoasi bilan Fransiyaga jönab ketadi.







