Jahon çempionati-2018 saralaşining uçinçi bosqiçiga tayyorgarlik körayotgan Özbekiston milliy terma jamoasi iyul va avgustda böladigan yiğinlar doirasida örtoqlik uçraşuvlari ötkaziş borasida kelişuvga erişgan.

Samvel Babayan boşçiligidagi terma jamoaning navbatdagi örtoqlik uçraşuvidagi raqibi Iroq terma jamoasi böladi. Iroq bilan ötkaziladigan nazorat uçraşuvi 24 iyul kuni, Toşketdagi “Bunyodkor” stadionida bölib ötişi közda tutilgan.

Şuningdek, Özbekiston milliy terma jamoasi avgust oyida Toşkentda yana bir örtoqlik uçraşuvi ötkaziş böyiça kelişuvga erişgan. 24 avgustda bölib ötadigan uşbu nazorat öyinidagi raqib — Yaman terma jamoasi böladi. Uşbu öyin ham “Bunyodkor” stadionida ötkaziladi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 19:00da boşlanadi.

Özbekiston milliy terma jamoasi JÇ-2018 3-saralaş bosqiçi öyinlarini 1 sentabr kuni Toşkentda Suriya terma jamoasiga qarşi öyin bilan boşlaydi.

Qayd etiş kerakki, ÖFF sayti bu uçraşuvlar haqidagi xabar FIFA saytida xuddi şu uçraşuvlar qaçon va qayerda bölib ötişi haqida ma'lum qilinganidan 10 kun ötib xabar berdi.

Özbekiston - Iroq öyini Eurosport telekanalida bir oy oldin reklama qilina boşlandi.