Polşaning sobiq prezidenti Lex Valensa AQŞning Boltiq dengizidagi «Donald Kuk» eskadrilya mina taşuvçisi yaqinidan ruslarning Su-24 bombardimonçilari uçib ötişi bilan boğliq hodisani eslab ötdi. U kema kapitani örnida bölganida Rossiya samolyotlarini urib tuşirgan bölişi haqida aytgan.
«Agar şu kema kapitani bölganimda va şu samolyotlar kemam yonidan uçib ötganida, ularni urib tuşirgan bölardim. Yöq, unçalik emas, men uçuvçilarni öldirmas edim. Samolyotlarning qanotlarini öqqa tutgan bölardim», - degan Valensa Radio Free Europe radiosi uçun bergan eksklyuziv intervyusida.
Şu bilan birga Polşaning sobiq prezidenti bunday iş harbiy mojaro keltirib çiqarmagan bölişiga işonç bildirgan.
«Qanday mojaro? Heç kim uruş istamaydi, şu jumladan Rossiya ham.<...> Ruslar buni öziga ep körişi mumkin, lekin bu ularga juda qimmatga tuşadi», — deya ta'kidladi Valensa.
Uning fikriça, Rossiyaning siyosati «qörqitiş va şantaj» hisobiga ğalabaga erişişni nazarda tutadi.
Eslatib ötamiz, şu yilning aprelida Rossiyaning Su-24 bombardimonçilari Boltiq dengizidagi betaraf suvlarda suzayotgan Amerika esminetsi yaqinidan uçib ötgandi.
Su-24 samolyotlarida qurol-yaroğ bölmagan. Ular esminets palubasi ustidan hujum çoğida böladigan manyovrni bajargan holda uçib ötgan. Xavfli yaqinlaşuvlardan biri esminets palubasidan Polşa qurolli kuçlari vertolyoti uçib ketmoqçi bölganida sodir bölgan. Parvozni bekor qilişga töğri kelgan.
AQŞ rossiyaliklar samolyotlari öz esminetsi yaqinidan uçib ötişi aks etgan videolarni namoyiş qildi.
AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri Amerika esminetsi öz ustidan uçib ötgan Su-24 samolyotlarini urib tuşiriş huquqi bölgani haqida gapirdi.
Şu kunlarda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va Jon Kerri bu hodisa bilan boğliq vaziyatni muhokama qildi.
Rossiyaning NATOdagi doimiy vakili Aleksandr Gruşko Boltiq dengizida AQŞ esminetsi bölişini harbiy bosim ötkazişga uriniş deb baholagan.
Pentagon Rossiya samolyotlarining xavfli yaqinlaşuvi ikki mamlakat munosabatlari taranglaşişiga olib kelişidan ogohlantirgan.







