Yangi zelandiyalik milliarder Grem Xart özining Ulysses ("Uliss") yaxtasini sotuvga qöydi. Bu haqda Yacht Harbour xabar bermoqda.
30 yölovçiga möljallangan yaxta 107 metr uzunlikka ega bölib, Norvegiyaning Kleven verfida qurilgan va 2016 yilda egasiga topşirilgan. Kema korpusi pölatdan, ustqurmalar esa alyuminiydan yasalgan. Yaxta jamoasi 40 kişini taşkil qiladi. Yaxtaning maksimal tezligi soatiga 31 km ni taşkil qiladi. Olti palubali yaxtada sauna, 11 x 5 metrlik basseyn, vertolyot uçun maydonça bor.

Yaxtaning konstruktiv xususiyati uning bortida 21 metrlik tenderning (yelkanli kema) borligi hisoblanadi, u suvga maxsus kran yordamida tuşiriladi. Yaxta Norvegiyaning Marin Teknikk byurosi tomonidan loyihalangan, intereri esa Londondagi H2 studiyasi tomonidan yaratilgan. Kleven verfi uçun bu yaxta superyaxtalar qurişdagi birinçi tajriba böldi, verf asosan yuk taşuvçi, şatakka oluvçi, neft qazib oluvçi platformalar uçun ta'minlovçi kemalarni yaratiş bilan şuğullanadi. Hozirda verf milliarderning buyurtmasi bilan uzunligi 116 metrlik yana bir yaxta qurmoqda.
Sotilayotgan yaxtaning narxi oşkor qilinmagan, uning savdosi bilan Burgess va Fraser Yachts brokerlik firmalari şuğullanmoqda.
Grem Xart – Yangi zelandiyalik tadbirkor va moliyaçi hisoblanadi. U 7,2 mlrd dollarlik davlati bilan Forbes jurnali böyiça dunyoning eng badavlat odamlari orasida 183-örinda turadi va Yangi Zelandiyaning eng boy odami hisoblanadi.











