Turkiya politsiyasi Isroil HHKning Ğazo sektoriga uçişiga norozilik aksiyasi tariqasida Istanbuldagi Isroil boş konsulligini portlatişga uringan beş kişini qölga oldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Isroil aviatsiyasi duşanba tunida Ğazo sektoridagi jangarilarga hujum qildi. Natijada ikki kişi yaralandi. Tungi bombardimonlarga qarşi 19 ming aholisi bölgan Sderota şahriga raketa hujumlari bilan javob qaytarildi.
Istanbulda esa Isroil boş konsulligidagi biznes-markazda politsiya xodimlari tomonidan beş kişi uşlandi. Turkiya hukumati mazkur davlat diplomatik missiyasini qöriqlaş çora-tadbirlarini kuçaytirgan.











