Prezident Şavkat Mirziyoyev Antaliya şahrida bölib ötayotgan COP31 sammiti doirasida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YETTB) prezidenti Odil Reno-Basso bilan uçraşdi.

Muloqot çoğida uşbu yetakçi moliyaviy institut bilan strategik şeriklikni yanada kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqildi.

Özbekiston olti yildan buyon YeTTBning mintaqadagi eng yirik moliyaviy hamkori bölib kelmoqda. Loyihalar portfeli 7 milliard dollardan, 2025-yilda amaliyotlar hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oşdi.

Bankning “yaşil iqtisodiyot”ni rivojlantirişga qöşayotgan hissasi yuqori baholandi. Uning mamlakatimizga kiritgan sarmoyalarining qariyb 60 foizi uşbu yönalişdagi loyihalar hissasiga töğri keladi.

Kelgusi yil uçun hamkorlikning elektr infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat tarmoqlarini rivojlantiriş, bank sohasida xususiylaştirişni amalga oşiriş, Toşkent xalqaro moliya markazini işga tuşiriş hamda davlat-xususiy şeriklik loyihalarini ilgari suriş kabi ustuvor yönalişlari belgilab olindi.

2027-yilda Xorijlik investorlar kengaşining navbatdagi yiğilişini ötkazişga tayyorgarlik köriş masalalari ham muhokama qilindi.