Hillari Klinton "Ikki qirqquloq örtasida" deb nomlangan komediya şousida iştirok etdi va özining raqibi Donald Trampning prezidentlik kampaniyasi ustidan kuliş imkonini qöldan boy bermadi. Uning özi ham şou boşlovçisi aktyor Zak Galifianakisning köplab hazillari obektiga aylandi.
Mazkur şou Funny or Die onlayn-kanalida taqdim etiladi. Şou formatida boşlovçi va mehmonning nafaqat bir-biri bilan hazillaşişi, balki haqoratli izohlar berişi ham közda tutilgan. Biroq bu körsatuvga taklif qilinadigan mehmonlarni çöçitmaydi.
2014 yilda Zak Galifianakisning studiyasiga AQŞ prezidenti Barak Obama taşrif buyurgan, turli vaqtlarda Jastin Biber, Bred Pitt va boşqa maşhur yulduzlar bu körsatuvda mehmon bölişgan.
Boşlovçi Hillari Klintonni hazillar va kinoyalarga kömib taşladi, lekin sobiq boş kotib ularni munosib qarşi oldi.
Videoda körsatuvning eng yorqin lahzalari keltirilgan.












