«Şiba» şifoxonasi tibbiy xodimlari Isroilning sobiq prezidenti Şimon Peresning ölimoldi oğriqlarini, azoblarini yengillaştiriş uçun qöllaridan kelgan barça işni qilişdi. Lekin Peres 28 sentabr kuni, 93 yoşida olamdan ötdi. 2 hafta oldin unda insult qayd etilgandi.
Siyosatçining özi köngilli ravişda ölimidan söng organlaridan donorlik maqsadlarida foydalanişga ruxsat bergan. Bu haqda uning şaxsiy şifokori Rafi Valdman ma'lum qildi.
«Şimon Peres bizni azob-uqubatlarsiz tark etdi. «Şiba» klinikasining ajoyib şifokorlari to sönggi daqiqaga qadar uning hayotini saqlab qoliş uçun kuraşişdi va u hayotdan azob-uqubatsiz köz yumişi uçun qöllaridan kelgança harakat qilişdi», — dedi Peresning kuyovi ham hisoblanadigan şaxsiy şifokori Rafi Valdman.
Uning qöşimça qilişiça, sobiq prezidentning xohiş-irodasiga köra, qarindoşlari uning köz gavharini transplantatsiya (davolaş maqsadida organizmning bir joyini yoki bir qismini kesib olib boşqa joyga örnatiş) orqali muhtoj bemorga ötkazilişiga rozi bölişgan.
Peresning vafoti munosabati bilan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va AQŞ prezidenti Barak Obama öz hamdardliklarini bildirişdi.
Amerika yetakçisi vafot etgan siyosatçini özining dösti va “insoniyat yölini özgartirişga qodir” kişi sifatida e'tirof etgan.
Isroil prezidenti Ravvin Rivlin Ukrainaga taşrifini muddatidan oldin töxtatib, Isroilga qaytgan.
Isroil hukumati 28 sentabr, mahalliy vaqt bilan soat 10:00da siyosatçini sönggi yölga kuzatiş tadbirini taşkillaştiriş maqsadida maxsus majlis çaqirtirdi. Haaretz naşri tarqatgan xabarga köra, dafn etiş marosimi 30 sentabr kuni bölib ötadi.
1923 yilning 2 avgustida öşa paytda Polşaning Novogrud voyevodaligidagi Vişnyavasi (hozirgi Belarusning Minsk viloyati)da tuğilgan Şimon Peres Isroil davlatining eng sönggi asosçilaridan biri, uning harbiy-sanoat majmuasi va yadroviy dasturi yaratuvçisi hamda Yaqin Şarqdagi tinçlik jarayoni me'mori hisoblanardi. Otasi yoğoç materiallar sotib oliş bilan şuğullangan, onasi esa rus tili öqituvçisi bölgan. 1934 yilda Peresning oilasi Falastinga köçib ötgan.
Peres 1984 yildan 1986 yilgaça Isroilning töqqizinçi, 1995 yildan 1996 yilgaça ön ikkinçi boş vaziri, 2007 yildan 2014 yilgaça prezidenti bölgan. 12ta hukumatda turli vazirliklar rahbarlari lavozimlarini egallagan. Faoliyati 70 yil davom etgan, Isroilning eng keksa siyosatçisi va davlat arbobi.
Peres 1994 yilda Yosir Arofat va Itsxak Rabin bilan birga tinçlik uçun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.












