21:04 / 03.10.2016
13240

Kechki dayjest: 3 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 3 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Fotogalereya: «Islom ota» jome' masjidi restavratsiyadan so‘ng qayta ochilish arafasida

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farzandi Lola Karimova-Tillayeva o‘zining internetdagi sahifalari orqali Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida qayta tiklangan jome' masjidining tez kunlarda foydalanishga topshirilishi haqida ma'lum qilgandi.

 >>> Batafsil.

Farg‘ona vodiysi va Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi

Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muxammetkaliy Abulgaziyev boshchiligidagi delegatsiyaning Andijon viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat chegaradosh viloyatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan.

 >>>  Batafsil.

Zargarlik savdosi yig‘imlari bevosita davlat byudjyetiga tushadi

O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 23 sentabrdagi PQ–2610 sonli qarori bilan alkogolli ichimliklar, qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlarni chakana savdo bilan shug‘ullanish huquqidan olinuvchi yig‘imlar tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

 >>>  Batafsil.

Eng yuqori soliq to‘lovchi mamlakatlar reytingi e'lon qilindi

Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum, WEF) har yili jahonning eng yuqori soliq to‘lovchi mamlakatlari reytingini tuzadi. WEF joriy yilning eng yuqori soliq to‘lagan davlatlari reytingini e'lon qildi.

 >>> Batafsil.

Tijoratni nazorat qilish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi

Jahon iqtisodiyotida mavjud raqobat muhiti milliy iqtisodiyotni barcha sohalarida innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llashni taqozo etmoqda, shu jumladan, biznes, tijorat va savdo sohalarida ham.

 >>> Batafsil.

Saratovda 12 yoshli boladan farzand ko‘rgan qiz 10 yilga qamalishi mumkin

Rossiyaning Saratov viloyatida 19 yoshli qiz 12 yoshli boladan farzand ko‘rdi. Endi unga 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

 >>> Batafsil.

Katta yoshli bemor birinchi marta OIVdan davolandi

Britaniyaning Oksford va Kembrij Universiteti hamda London Qirollik Universiteti va kolleji shifokorlari Odam immuntanqisligi virusi infeksiyasidan zararlangan katta yoshli kishini davolashning uddasidan chiqqanlarini ma'lum qilishdi.

 >>> Batafsil.

OAV IShID rahbarining zaharlangani haqida xabar tarqatdi

IShID terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyni va uning 3 nafar sherigini zaharlashgan. Bu haqda Erondagi Press TV telekanali nomini sir tutishni so‘ragan manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

 >>> Batafsil.

Estoniyaga ilk marta ayol kishi prezident bo‘ldi

Kersti Kalyulayd Estoniyaning yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda Postimees xabar berdi.

 >>>  Batafsil.

Hind chegarachilari Pokistondan kelgan kabutar "elchi"ni qo‘lga olishdi

Hindistonning Panjob shtatidagi chegarachilar, mamlakat bosh vaziriga Narendra Modiga jangovar ruhda bitilgan maktubni olib ketayotgan kabutarni ushlab olishdi. Bu haqda Times of India nashri yozmoqda.

 >>> Batafsil.

Chexiya prezidenti qochqinlarni kimsasiz orolga olib borib tashlashni taklif qildi

Chexiya prezidenti Milosh Zeman ma'lum qildiki, osiyolik va afrikaliklarning Yevropaga migratsiyasiga mahalliy madaniyat bilan uyg‘unlik yo‘qligi uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. The Financial Times nashri xabariga ko‘ra, ushbu siyosatchi qochqinlarni Gretsiyaning kimsasiz orollariga yoki Shimoliy Afrika hududidagi orollardan biriga jo‘natishni taklif etgan.

 >>>  Batafsil.

Olma-ota aeroportida favqulodda holat tufayli odamlar ko‘chirildi

Qozog‘istonning Olma-ota aeroportida simob moddasining quyilishi oqibatida odamlar ko‘chirildi, deya xabar qilgan BNews.kz agentligi aeroport matbuot-xizmatiga tayangan holda.

 >>> Batafsil.

Telegram’ning yangi versiyasida o‘yin o‘ynash imkoni paydo bo‘ldi

Telegram messenjerida HTML5 bazasidagi o‘yinlar uchun platforma paydo bo‘ldi. Bu haqda servis blogida xabar berildi.

 >>> Batafsil.

G‘alabalarga tashna avtomobillar

Fransiya poytaxi Parij shahrida avtomobilsozlik sohasidagi yirik ko‘rgazma bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar qilingan edi.

 >>> Batafsil.

Tayson Fyuri faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi

Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida IBO, WBA va WBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni hisoblangan britaniyalik Tayson Fyuri faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qildi.

 >>> Batafsil.

Top