Jahon iqtisodiyotida mavjud raqobat muhiti milliy iqtisodiyotni barcha sohalarida innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llashni taqozo etmoqda, shu jumladan, biznes, tijorat va savdo sohalarida ham. Hozirda elektron savdo va tijorat xo‘jalik sub'yektlarning iqtisodiy-moliyaviy barqarorligini va bozorlardagi ustuvorligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Bugungi iqtisodchi – ekspertlar elektron tijoratni iqtisodiyotni rivojlantiruvchi samarali mexanizm deb ta'kidlamoqdalar. Bu fikrlar mantiqqa asoslangan bo‘lib, hozirgi zamonaviy jamiyatda shiddat bilan rivojlanib kelayotgan axborot texnologiya va kommunikatsiya tizimlari barcha sohalarni kamrab olmoqda, bu esa, o‘z navbatida, jamiyat sub'yektlari o‘rtasidagi munosabatlarni yangi ko‘rinishda tashkillashtirishni talab etmoqda.
Bugungi xaridor va iste'molchining talablari kundan-kunga keng va serqirrali bo‘lib bormoqda va ularni qondirish, shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy va iqtisodiy barqarorligini ta'minlash masalalarini hal etishda elektron savdo va elektron tijorat samarali vosita bo‘lib hizmat qilishi shubhasiz.
O‘zbekiston hukumati tomonidan elektron savdo va tijoratni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilib, hozirda sohani rivojlantirish uchun iqtisodiy, texnik va huquqiy shart-sharoitlari yaratib berilgan va ular doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.
Xususan, yaqinda Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Hukumatning alohida savdo shakllarini nazorat qilish bo‘yicha qator qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, endi tovarlarni elektron tijorat shaklda ulgurji va kichik partiyalar bilan sotishda shartnomaga ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi haridor (buyurtmachi)ning davlat soliq xizmati organidagi ro‘yhatdan o‘tgan joyidan turg‘un savdo shahobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi borligi haqida ma'lumotnomasini ilova qilishi talab etilmaydi.
Shuningdek, yuridik shaxslar turg‘un savdo shahobchalaridan tashqari nazorat kassa mashinalaridan foydalanish sharti bilan ko‘chma savdo obektlari orqali ham chakana savdo-sotiqni amalga oshirishlari mumkin.
Bundan tashqari, yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarga turg‘un savdo shahobchalaridan tashqarida va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan elektron tijorat shaklida chakana savdo-sotiq qilishlariga yo‘l qo‘yiladi. Unda tovarlarni elektron tijorat shaklda tovarlarni sotishda ish joylaridan tashqarida tarozi va boshqa o‘lchov asboblaridan foydalanish imkoniyatlari o‘z aksini topgan. Endi bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari faqat turg‘un savdo shahochalaridagina emas, balki ko‘char savdo obektlarida ham bo‘lishi shart.









