Qirğiziston boş vazirining birinçi örinbosari Muxammetkaliy Abulgaziyev boşçiligidagi delegatsiyaning Andijon viloyatiga taşrifi yakunlari böyiça ikki mamlakat çegaradoş viloyatlari örtasida özaro hamkorlik töğrisidagi memorandum imzolangan. Bu haqda Qirğiziston hukumati apparati matbuot xizmati xabar qildi.
Ma'lum qilinişiça, mazkur hujjat Andijon, Farğona va Namangan viloyatlari hamda Qirğizistonning Öş, Botken va Jalolobod viloyatlari rahbarlari tomonidan imzolangan.

Viloyatlar hokimlari çegara oldi tumanlarida yaşovçi aholi uçun dolzarb bölgan muammolarni muhokama qiliş maqsadida har oyda uçraşib turişga kelişib olgan.
Şuningdek, qirğiz-özbek hamkorligini rivojlantiriş maqsadida özbek delegatsiyasining Qirğizistonga javob taşrifi rejalaştirilmoqda.
130 kişidan iborat Qirğiziston delegatsiyasining taşrifi 1 oktabr kuni amalga oşirilgandi.
Çegaradagi «Döstlik» nazorat-ötkaziş punktida mehmonlarni boş vazir örinbosari Adham Ikramov rahbarligidagi delegatsiya tantanali qarşi oldi.
Delegatsiya vakillari bilan Andijon Davlat universiteti, temir yöl vokzalining yangi binosi, «Döstlik uyi», Xöjaobod tumanidagi 10-umumta'lim maktabida uçraşuvlar ötkazilgan. Oltinköl tumani Dalvarzin mahallasidagi zamonaviy rusumda qurilgan aholi turar joylarini közdan keçirib, Asakadagi GM Uzbekistan avtomobil zavodiga taşrif buyurişdi.
Şuningdek, qirğiz millatiga mansub Özbekiston fuqarolari bilan ham uçraşuv ötkazildi.
Qirğizistonning Özbekistondagi elçisi, Öş va Botken viloyatlari hokimiyatlarining vakolatli vakillari, Oş meri, oqsoqollar hamda madaniyat arboblaridan iborat delegatsiya hamda uçraşuv iştirokçilari uçun kun yakunida Özbekiston san'at ustalari hamda Qirğizistondan kelgan san'atkorlar tomonidan katta konsert dasturi namoyiş etildi.

















