Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaota aeroportida favqulodda holat tufayli odamlar ko‘chirildi
Qozog‘istonning Olmaota aeroportida simob moddasining quyilishi oqibatida odamlar ko‘chirildi, deya xabar qilgan BNews.kz agentligi aeroport matbuot-xizmatiga tayangan holda.
"Evakuatsiyaga xalqaro yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilar hududiga quyilgan simob sabab bo‘lgan", — deyiladi xabarda.
Agentlik xabariga ko‘ra, Olmaota-Tbilisi reysi yo‘lovchilaridan biri 150 millitrli oddiy shisha idishlarda simob olib o‘tishga qaror qilgan. Simob yo‘lovchining samolyot bortiga chiqishida aniqlanganidan so‘ng, 38 yoshli qozog‘istonlik metallni chiqindi qutisiga to‘kishga qaror qilgan. Shundan so‘ng, zudlik bilan evakuatsiya ishlari o‘tkazilgan.
Olma-ota aeroportidan uchuvchi barcha reyslar vaqtincha to‘xtatilgan. Bu yerga, Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi xodimlari yetib kelishgan.


Mavzuga oid
09:58 / 21.01.2026
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar soni 15 milliondan oshdi
16:14 / 12.01.2026
Oslo aeroporti dron sabab uchish-qo‘nish yo‘lagini vaqtincha yopdi
15:48 / 12.01.2026
Aeroport, vokzal va avtostansiya nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi
09:31 / 08.01.2026