Britaniyaning Oksford va Kembrij Universiteti hamda London Qirollik Universiteti va kolleji şifokorlari Odam immuntanqisligi virusi infeksiyasidan zararlangan katta yoşli kişini davolaşning uddasidan çiqqanlarini ma'lum qilişdi. Bu haqda, The Sunday Times naşri yozmoqda.

44 yoşli britaniyalik erkak OIV xastaligidan tuzalgan. U, virusga qarşi maxsus davolaş kursidan muvaffaqiyatli ötgan birinçi bemor böldi. Yangi usul, olimlarning sözlariga köra, OIVni tananing faqatgina faol bölgan emas, balki barça qismida ta'qib etib, yöq qiliş imkonini beradi. Tadqiqotlar şuni körsatganki, bemor qonidagi virus şunçalik kamayganki, tahlillar salbiy natijani körsatgan. 

Standart antiretrovirusli davolaş faol zararlangan hujayralarga qarşi kuraşadi, ammo virusni yuqtirgan biroq faol bölmagan boşqa T-limfotsitlarni öz holiga qöyadi. Bu esa, bugungi kundagi dorilar OIV infeksiyasi faolligini nazorat qila olişi, ammo uni yöqota olmasligini bildiradi. Olimlarga köra, ular taklif etayotgan davolaş uslubi sinov jarayonida bölgani sabab keng klinik qöllaşga möljallanmagan.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2014 yilgi statistik ma'lumotlariga köra, dunyoda 37 mln kişi OIV virusini yuqtirgan. 34 mln kişi esa, uşbu xastalik bilan boğliq holatlar qurboni bölgan. Hisobot davriga kelib, har yili 1,5 millionga yaqin inson asosan betartib jinsiy hayot keçiruvçilar orasida keng tarqalgan virusdan halok bölgan, 2,2 millionga yaqin odam virus taşuvçisi hisoblangan.