Bir qança musulmon mamlakatlaridagi oy kuzatuvi tadqiqiga köra, bugun, 2016 yilning 2 oktabr kuni Hijriy taqvimning 1438 yili kirib keldi. Yangi yilning birinçi oyi – Muharram oyidir.

Muharram oyi hijriy-qamariy yil hisobining birinçi oyi bölib, Islomdagi hurmatli oylardan biridir.

Islom dunyosida yil boşi – Muhammad payğambarning Makkadan Madinaga köçib ötgan yili hisoblanadi. Gregorian taqvimiga köra u 7 asrning 622 yiliga töğri keladi. Uşbu yil Hijra yili deb atalgani uçun islom taqvimining nomi ham Hijriy taqvim deyiladi.

Hijriy-qamariy yil hisobi Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.)   hijratlaridan olingan va oy (qamar) taqvimiga asoslangan. Uşbu yil hisobi hazrati Umar roziyallohu anhuning taşabbuslari bilan 16-hijriy sanadan boşlab tatbiq etilgan.

Muharram oyi bu – tavba qiliş va namoz öqiş vaqtidir. Har bir musulmon uşbu oyni rözada, namozda va ezgu işlar bajarib ötkazgani ma'quldir. Islom ögitlariga köra, Muharram oyi röza tutiş uçun Ramazondan keyingi eng yaxşi oy hisoblanadi. Uşbu oy kirişi bilan musulmonlarga jang qiliş, qon tökiş, biror kişiga ozor beriş mumkin emas.. Musulmonlar, odatda yangi yilni alohida taraddud bilan kutib olişmaydi, lekin yangi oyning öninçi kuniga töğri keladigan Aşuro bayramini kötarinki ruh bilan qarşi olişadi. Aşuro bayrami – bu barça payğambarlarni esga oliş hamda Alloh eng köp ajoyibotlar, jumladan Yer-u zamin hamda osmonu falakni yaratgan kun hisoblanadi. Hijriy taqvim Gregorian taqvimiga qaraganda 11-12 kun kaltaroq, şuning uçun musulmon yangi yili har yil har xil kunlarga töğri keladi. Masalan 2008-2010 yillarda yangi yil dekabr oyiga töğri kelgan edi.