CIES Football Observatory portali Yevropada kuçli beşlik çempionatlarida klublar hozirgi tarkiblarini yiğiş uçun qança mablağ sarflaganini hisoblab çiqdi.

Birinçi örinni «Mançester Yunayted» jamoasi egalladi - 718 million yevro. Bu natija bilan jamoa keyingi jamoalarni jiddiy farq bilan ortda qoldirgan.

Mankunianliklar ötgan yilgi tarkibi qiymati bilan soliştirilganda 185 million yevroga qimmatlaşgan va rekord qayd etgan.

Röyxatning ikkinçi örnida «Real» joylaşgan – 634 million yevro (+47 mln), uçinçi örinni «Mançester Siti» band etgan – 611 million yevro (+78 mln).

Ötgan mavsumda Angliya çempioni bölgan «Lester» 26-örinda - 130 million yevro.

Quyida Top-10 lik keltirilgan.

1. «Mançester Yunayted» – 718 mln yevro
2. «Real» – 634
3. «Mançester Siti» – 611
4. «Barselona» – 485
5. «Çelsi» – 481
6. «PSJ» – 455
7. «Yuventus» – 395
8. «Arsenal» – 381
9. «Bavariya» – 357
10. «Liverpul» – 356