«Real»da yangi triller, «Komo» 9 ta gol urdi va rekord örnatdi
|11:266 55017 min
«Real» Gretsiyada jiddiy qarşilikka uçradi, safarda 9 gol urgan kamtarona «Komo» kuçli törtlikka kirib oldi, Holand «Siti»ni qutqarib qoldi, «Liverpul» Turkiyada sobiq futbolçisiga yutqazdi, «Arsenal»da seriya davom etmoqda; Husanov asosiy tarkibda tuşdi va sariq kartoçka işladi, Rahmonalievning golli uzatmasi «Saboh»ga yordam bermadi.
«Real» YeÇLning bu mavsumida ikkinçi bor kambek amalga oşirdi. Joze Mourinio şogirdlari 2-turda «Roma»ga qarşi safar öyinida 1:3 hisobini ğalabaga aylantira olgandi, bu safar Gretsiyada AEK bilan öyinda 1:2 hisobidan çiqib ketildi.
Öyinning 12-daqiqasidayoq madridliklarning sobiq hujumçisi Luka Yoviç Abubakari Koytani qulay vaziyatga çiqardi, greklar vingeri Tibo Kurtuaning yaqin burçagini aniq nişonga oldi.
«Real» esa 32-daqiqada Jud Bellinghemning mahorati evaziga hisobni tenglaştirdi. Mark Kukurelyaning uzatmasidan keyin ingliz yarimhimoyaçisi turning eng çiroyli goli muallifiga aylandi: u töpga tovonida zarba berib, darvoza törinini işğol etdi.
Öyinning asosiy voqealari sönggi 15 daqiqalikda bölib ötdi. Avvaliga 75-daqiqada mezbonlar himoyaçisi Stavros Pilios hujumga qöşildi va Koytaning uzatmasidan keyin töpni Kurtuaning oyoqlari orasidan ötkazdi – 2:1.
AEK ikkinçi bölimda mehmonlar darvozasi tomon töğri yöllagan yagona zarbasi bilan ğalabani ilib ketişi mumkin edi. Ammo Mbappe va Valverde «Real»ni şarmandalikdan qutqarib qoldi. 78-daqiqada fransuz hujumçisi Denzel Dumfrisning olis ustun tomon uzatmasiga yetib bordi va muvozanatni tikladi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa Federiko Valverde öz uslubida olis masofadan yöllagan zarbasi bilan ğalaba golini urdi – 3:2.
«Real» YeÇLning bu mavsumida guruh bosqiçini ideal ötkazmoqda: tört öyinda tört ğalaba. Bungaça «Leypsig» (4:1), «Roma» (4:3) va «Inter» (2:1) mağlub etilgandi. Mbappe esa har öyinda gol urib kelmoqda.
Mavzuga oid
Keyingi turda «Real» PSVni qabul qiladi, AEK «Komo» bilan öynaydi.
«Liverpul» dastlabki 25 daqiqada kuçli bosim ötkazdi, «Fenerbahçe» esa Alison qöriqlayotgan darvozaga yaqinlaşa olmadi. Andoni Iraola jamoasi kuçli pressing evaziga hisobni oçdi: töp raqib jarima maydoni atrofida olib qöyilgaç, Nioni bir teginişda kuçli zarba yölladi – töp rikoşet bölib darvoza töriga borib tuşdi. Ammo hisob oçilganidan keyin öyin kartinasi butkul özgardi. Mezbonlar hujumlarni kuçaytirdi, «Liverpul» mudofaada tez-tez xatoga yöl qöya boşladi. Dastlab Qahvaçining zarbasidan keyin töp darvoza tösiniga bordi, ammo öyinning yarim soati ortda qolayotganida Grinvud jarima zarbasidan hisobni tenglaştirdi, bu vaziyatda mezbonlarga ham rikoşet yordam berdi.
Tanaffusdan keyin «Liverpul» yana hisobda oldinga çiqib oldi. Zaxiradan öyinga qöşilgan Isak töpga ilk teginişidayoq darvozani işğol etdi – u Gakponing çap qanotdan darvozabon maydonçasiga yöllagan uzatmasiga barçadan oldin yetib bordi. Lekin Iraola şogirdlari hisobda oldinga çiqib olganidan keyin yana öyinni taşlab yubordi. Mersisaydliklarning sobiq futbolçisi Dirk Kyuyt boşqaruvidagi «Fenerbahçe» (u Ismoil Kartalning isteʼfosidan keyin jamoani vaqtinça boşqarib turibdi) olti daqiqa içida ikkita gol urdi.
Istanbulliklar raqibni standart vaziyatlar orqali taslim etdi. Jamoa tarkibidagi yana bir ingliz futbolçisi bölgan Braun burçak zarbasidan keyin hisobni tenglaştirdi, biroz ötib Muriçi aut taşlaş orqali boşlangan hujumda ğalaba golini urdi. Tajribali hujumçi raqib jarima maydoni içida pozitsiya uçun kuraşda uç himoyaçidan ustun keldi va boş bilan darvozani işğol etdi.
Bu «Liverpul» YeÇLning joriy mavsumida ilk bor oçko yöqotişi böldi. Bungaça «Atletiko» (2:1), LASK (6:3) va «Vilyarreal» (4:3) mağlub etilgandi.
«Fener» uçun esa bu YeÇLda sönggi 11 öyindagi ilk ğalaba böldi. Bu oraliqda tört durang va olti mağlubiyat qayd etilgandi.
Keyingi turda «Liverpul» «Bryugge» mehmoni böladi, «Fener» «Şaxtyor» bilan öynaydi.
«Mançester Siti» Leypsigda zarbalar soni böyiça yutqazdi (4:6), ammo tanaffusga ğolib holda yöl oldi. Bölim oxirlarida mezbonlar himoyaçisi Lukeba qanotdan oşirilgan töpni tösişga urinib, öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi. Holbuki uning atrofida «Siti» futbolçilari yöq edi.
Tanaffusdan keyin öyin tempi ösdi. 49-daqiqada esa mehmonlar maydon markazida töp yöqotdi va mezbonlar tezkor qarşi hujum uyuştirişdi. Ridli Baku töp bilan jarima maydoniga kirib bordi va Janluiji Donnarummaning himoyasiz qoldirilgan yaqin burçagini işğol etdi – italiyalik darvozabon pozitsiya tanlaşda qöpol xatoga yöl qöygandi.
Öyinning bir soati ortda qolganida esa Fernandes Ndiayening uzatmasidan keyin yana inglizlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Ammo «RB Leypsig» yana javob qaytardi – uç daqiqa ötib mezbonlar markazdan hujum uyuştirişdi va bu hujumni Donnarummaning olis burçagini aniq nişonga olgan Nusa yakunlab berdi.
Şunday pallada yana Erling Holand katta sahnaga çiqdi. 78-daqiqada Mareska şogirdlari öng qanotdan huum uyuştirişdi va Anderson norvegiyalik hujumçiga golli uzatma yetkazib berdi – 2:3.
Holand uçun «Leypsig» eng sevimli raqiblardan biri bölib qolmoqda, u uşbu jamoaga qarşi 9 öyinda urgan gollari sonini 13 taga yetkazib qöydi.
Keyingi turda «Siti» «Napoli» bilan, «Leypsig» – «Lans» bilan öynaydi.
«Arsenal» «Slaviya»ga qarşi öyinda saviyadagi farq evaziga ğalaba qozondi. Arteta sönggi bir hafta içidagi uçinçi safar öyiniga aralaş tarkibni taşladi va birinçi bölimda Yokereş avvaliga Maduekeni golli uzatma bilan taʼminladi, bölim oxirlarida esa özi boşlagan hujumni özi gol bilan yakunladi. Birinçi bölimda mezbonlar londonliklar darvozasi tomon töğri borgan birorta zarba yöllay olişmadi (umuman, çexlar 45 daqiqa içida atigi bir marta zarba berişdi).
Tanaffusdan keyin esa Arteta şogirdlari qulay hisobdan kelib çiqib, xotirjamlikka berildi, «Slaviya» öz muxlislari qarşisida oldinga taşlanişdi. Rayya darvozasi qarşisida birin-ketin xavfli vaziyatlar yuzaga keldi, ikkinçi bölimda zarbalar böyiça hisob 17:4 körinişini oldi, ammo mehmonlar himoyasi faqat 90-daqiqaga kelib yorib ötildi: çap qanotdan kross uzatma berilganida Rayya töpga çiqişda keçikdi – Novak esa darvozabon hududida turib darvozani işğol etdi. Ammo «Slaviya»da mağlubiyatdan qutulib qoliş uçun vaqt qolmagandi.
«Arsenal» «Slaviya»ga qarşi mağlubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda: jami olti öyinda 4 ğalaba va ikki durang. Qolaversa, «Arsenal» Çempionlar ligasida 19 öyindirki asosiy vaqtda yutqazmayapti: 14 ğalaba va beş durang.
«Slaviya» esa yevrokuboklarda 19 öyindan buyon ğalaba qozonmagan: olti durang va 13 mağlubiyat. .
Keyingi turda «Arsenal» «Dortmund»ni, «Slaviya» «Vilyarreal»ni qabul qiladi.
Sesk Fabregas jamoasi Çempionlar ligasini zabt etişda davom etmoqda. Uşbu italiyalik mutaxassis ötgan turda «MU» bilan öyindan keyingi matbuot anjumanida hisob yiriklaşib ketgaç (4:1), şogirdlariga töxtaşni körsatma bergani haqida aytgandi.
Bu safar esa undan bunday körsatma bölmadi. Turnir debyutanti bölgan «Komo» birinçi bölimda uçta gol uriş bilan çeklangandi, ikkinçi bölimda esa «Lans» darvozasi yana olti bor işğol etildi. Jamoa hujumçisi Duvikas het-trik muallifi böldi, ötgan turda 2+1 qayd etgan Niko Pas bu safar 1+2 bilan kifoyalandi (murabbiy uni erta almaştirib yubordi).
Pas öz golini «Tenerife»ning şu kunlarda maydondagi töqnaşuv oqibatida vafot etgan hujumçisi Xesus de Migelga bağişladi. Futbolçi argentinalik bölişiga qaramay, aynan Ispaniyaning Tenerife şahrida tuğilgan, otasi esa «Tenerife» safida öynagan. Öşa fojiali voqea röy berganida öyinni televizor orqali tomoşa qilayotgandi.
Ikkinçi bölimda uning örniga tuşgan Baturina ham öz nomini tabloga yozdirib qöydi, Kempf, Da Kunya, Liberali va Papaççoli bittadan gol urişdi, mezbonlar esa birgina Agilyarning goli bilan javob qaytarişdi.
9:1 – Çempionlar ligasidagi eng yirik hisobdagi ğalaba böldi. Bungaça turnir tarixida «Liverpul»ning «Beşiktoş» va «Real»ning «Malmyo» bilan öyinlarida 8 töp farqi bilan qozonilgan ğalabalar (8:0) qayd etilgan, şuningdek «Bavariya» bir öyinda töqqiz gol urgan – ammo Zagrebning «Dinamo» klubiga qarşi öyindagi töplar farqi bu qadar katta emasdi (9:2).
Bu ğalabadan keyin «Komo» oçkolari sonini 9 taga yetkazdi va umumiy turnir jadvalida kuçli törtlikdan joy oldi. Italiyaliklar 19 gol bilan turnirning eng köp gol urgan ikkinçi jamoasi bölib turibdi (faqat «PSJ»da köproq – 20).
Keyingi turda «Lans» «Leypsig» maydonida aybini yuvişga harakat qiladi, «Komo» AYeKni qabul qiladi.
«Borussiya» va «Betis» öyinida birinçi bölimda hisob oçilmadi – asosiy voqealar ikkinçi bölimga qoldirildi. Ikkinçi bölim boşida Job Bellinghemning jarima zarbasidan keyin töp qaytarildi, ammo töpga Fabiu Silva birinçi bölib yetib kelib, hisobni oçdi.
Sevilyaliklar taslim bölişni istamadi va köp ötmay hisob tenglaşdi: Azzalzuliy töpni olis ustun oldiga yetkazib berdi, Ruibal uni darvozaga töğrilab yubordi.
Ammo mezbonlar darhol ustunlikni öziga qaytardi: birinçi bölimda jarohat olgan Girassi örniga tuşgan Katseras Silvaning uzatmasidan foydalanib ğalaba golini urdi.
Bu «Betis» uçun YEÇL mavsumidagi ilk mağlubiyat böldi (Pellegrini şogirdlari bungaça uç öyinda uç ğalabaga erişgandi), Niko Kovaç jamoasi esa endi oçkolar soni böyiça «Betis»ga yetib oldi.
Keyingi turda «Dortmund» «Arsenal» mehmoni böladi, «Betis» autsayder «Slovan»ga qarşi öyinda ğalabali yölga qaytişi mumkin.
Norvegiyadagi öyinda turnirning ikki debyutant jamoasi töqnaşdi va «Saboh» birinçi bölib öz sözini aytdi. «Viking» maydon markazida töp yöqotgaç, Ozarboyjon çempionlari qarşi hujum uyuştirdi va özbekistonlik yarimhimoyaçi Umarali Rahmonaliev Orfe Mbinani golli uzatma bilan taʼminladi. Ammo mezbonlar birinçi bölimning özidayoq Erik Butheymning saʼy-harakatlari bilan hisobni tenglaştirdi.
Öyinning hal qiluvçi pallasi esa 69-daqiqada, «Saboh» himoyaçisi jarima maydoni içida töpni qöli bilan öynaganida röy berdi. Qozoğistonlik darvozabon Stas Pokatilov penaltini qaytargandi, ammo Zlatko Tripiçning özi töpga birinçi bölib yetib keldi. Eyden Makkarti qizil kartoçka olib, mehmonlar ozçilik bölib qolganidan keyin esa «Viking» hisobni yiriklaştirib, turnirdagi ilk ğalabasini nişonladi.
Keyingi turda «Viking»ni «Atletiko» maydoniga safar kutmoqda, «Saboh» «Barselona»ga qarşi öyinda ham yirik hisobda yutqazmaslikka harakat qiladi.
«Portu» birinçi bölimda «Napoli» darvozasi tomon yöllagan yagona zarbasini golga aylantirdi. Burçak zarbasidan keyin Bednarek boşda gol urib hisobni oçdi. Neapolitanliklar tanaffus arafasida hisobni tenglaştirdi. Bu epizodda «Portu» darvozaboni Diogu Koşta bir neça fantastik seyv ijro etgandi, ammo himoyaçilar töpni öz vaqtida uzoqlaştira olişmadi va Maktominey hisobni tenglaştirdi.
Durang hisob ikkinçi bölim örtalarigaça saqlanib turdi, keyin esa portugallar 20 daqiqa içida italyanlarni şunçaki yakson etdi. Ispaniyalik Veyga ğalaba golini közda yoş bilan nişonladi. Keyin esa Kivyor xuddi Bednarek kabi burçak zarbasidan gol urdi. Öyin oxirida Agehova penalti işlab, uni özi aniq ijro etdi. Massimiliano Allegri boşqaruvidagi «Napoli» çökişda davom etmoqda.
Keyingi turda «Portu» «Feyenoord» bilan uçraşadi, «Napoli» «Mançester Siti» mehmoni böladi.
«Bryugge»ning isteʼdodli yoş hujumçisi Tresoldi Eyndhovendagi öyinning birinçi bölimi örtalarida burçakdan oşirilgan töpni boşda darvozaga yöllab, hisobni oçdi. Bu uning YeÇLdagi beşinçi goli böldi, faqat «Komo» hujumçisi Anastasios Duvikas undan köproq gol urgan, Erling Holandda ham beşta gol bor.
PSV esa ikkinçi bölimda hisobni tenglaştirdi: Kodai Sanoning zarbasidan keyin töp rikoşet orqali darvoza töriga borib tuşdi.
Ammo ikkinçi bölim örtalarida mezbonlar «Bryugge»ga gol sovğa qilişdi. Himoyada tovon orqali pas berişdan keyin töp yöqotilişi oqibatida Seys ikkinçi golli uzatmasini amalga oşirdi – Forbş darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi va ğalaba golini urdi. Belgiyaliklar barça körsatkiçlar borasida ortda qolgan bölsa-da (zarbalar soni böyiça 10:27, darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar soni – 3:9, xG böyiça 2,88 ga qarşi 1,73), Niderlandiyadan uç oçko bilan qaytadigan böldi.
Keyingi turda PSV «Real» sinovidan ötadi, «Bryugge» «Liverpul»ni qabul qiladi.