Moskvaning TsSKA jamoasi prezidenti Yevgeniy Giner jamoani sotiş haqida öylamoqda. Bu xaqda armiyaçilar klubidagi manbaga asoslangan holda "Sovetskiy Sport" xabar tarqatgan.

"Ginerning boşida TsSKAni sotiş fikri paydo bölgan", degan manba.

"Giner Rossiya futbol jamoatçiligida katta nufuzga ega şaxs hisoblanadi. U klubda bundan ham muhim örinni egallaydi, usiz jamoani boşqariş juda qiyin böladi", deya qöşimça qilingan xabarda.

Giner moliyaviy muammolar tufayli TsSKAni sotişga majbur bölayotgani aytilgan. Xabar qilinişiça, 2015/16 yilgi mavsum uçun futbolçilar oldida qarzdorlik bor. Qayd etiş kerakki, ötgan mavsumda jamoa yana bir marta Rossiya çempionatida ğolib çiqqandi.

Giner 2001 yildan buyon TsSKA prezidenti hisoblanadi. Bu vaqt davomida klub 6 marta Rossiya çempionligiga, 7 marta - Rossiya Kubogiga, 6 marta - Rossiya Superkubogiga, 1 marta - UYeFA Kubogiga ega çiqqan. Sentyabr oyida TsSKAning yangi, 30 ming tomoşabinga möljallangan stadioni foydalanişga topşirilgandi.