Dunyoda turli xil körinişda, turli xil avtomobillar işlab çiqariladi. Yöltanlamas, kupe, xetçbek, sedan...arzoni, qimmati, dabdabalisi...Bu röyxatni davom ettiriş mumkin. Biroq, bugungi kunda lyuks toifasidagi avtomobillar orasida Bentli belgisi köpçilikka yaxşi taniş bölib ulgurdi. U sönggi yillarda, öz toifasida eng köp sotilayotgan avtomobillar röyxatiga yetakçilik qilayapti.
Xöş, uşbu avtomobillar qanday işlab çiqariladi? Motor.ru sayti xodimlari uşbu transport vositasi işlab çiqariladigan zavodda bölib, işlab çiqariş jarayoni bilan bevosita tanişib, tafsilotlari bilan örtoqlaşişdi.
Bentley zavodi Buyuk Britaniyaning Kryu şaharçasi yaqinidagi bir paytlar kartoşka ekiladigan dalaga barpo etilgan. Joy tanlaşda yirik şaharlardan uzoq bölişiga, ammo avtomobil va temir yöllar infratuzilmasi rivojlanganligiga e'tibor qaratilgan. Dastlab zavodni Rolls-Royce kompaniyasining aviatsiya dvigatellarini işlab çiqariş maqsadida qurişgan. Quriliş işlari boşlanganidan atigi 5 oy ötgaç, uning sexidan birinçi 12 silindrli Merlin dvigateli işlab çiqildi.

Aytiş joizki, hozir ham Kryu zavodi 12 silindrli motorlar işlab çiqaruvçi dunyodagi oz sonli sanoat quvvatlaridan biridir. Biroq, bu dvigatellar samolyotlar uçun emas, balki avtomobillar uçun. Ularning şaklida ham birmunça özgarişlar yuz bergan. V şaklli motorlar örniga W şakllisi işlab çiqarilmoqda. Agar siz bu motor Folksvagenniki desangiz, zavoddagilarning barçasidan uzr söraşingizga töğri kelişi aniq. Hatto, Audi va VW uçun uşbu turdagi motorlar şu yerdan yetkazib beriladi. Faqat, nemislar uçun çiqarilgan atmosferali W12, Bentley maşinasida ikkita turbinaga ham ega böladi.


Bir qaraşda, Kryudagi Bentley korxonasi odatdagi avtomobil zavodi. Biroq, bu yerda juda qimmat maşinalar işlab çiqariladi. Zavod içidagi yoğoç va çarmga işlov beriş sexlarida bu ayniqsa közga taşlanadi. Bu yerda har bir jarayon önlab, yuzlab bosqiçdan ötadi.
Masalan, çarm tanlaşni olaylik. Agar unda har qanday jiddiy nuqson bölsa, uni hatto orqa örindiqning pastki qismida ham foydalanişmaydi, aksinça taşlab yuborişadi. Agar nuqson unçalik sezilarli bölmasa, asqatib qolişi mumkin. Har doim haydovçi közi öngida böladigan panellarga jilo berişda çarm albatta eng yuqori talabga javob berişi kerak. Bunda eng murakkab jarayon, salon tomiga munosib va yetarli sifatdagi çarmni tanlaşdir.

















