AQŞlik qöşiqçi Jastin Timberleyk AQŞ prezidenti lavozimiga muddatdan avvalgi saylov vaqtida saylov uçastkasida olgan surati uçun javobgarlikka tortilişi mumkin.
SNN telekanalining ma'lum qilişiça, Timberleykning özining ona ştati Tennessida olgan va instagramga joylaştirgan selfisi taqiqlab qöyildi. Ştat qonuniga köra, saylov uçastkalarida mobil telefonni faqatgina "saylovçiga tanlovni amalga oşirişda yordam berişda axborot maqsadlarida" qöllaşga ruxsat berilgan.
Qöşiqçi suratga bergan izohda barçani saylovda iştirok etişga çaqirgan va "Muddatdan avvalgi saylovlar sizning şahringizda bölişi mumkin. Agar bölmasa, unda 8 noyabrda! Ovozga ega böliş uçun tanlang!", deb yozuv qoldirgan.
Şelbi okrugi prokuraturasida Timberleykning bu xatti-harakati haqidagi ma'lumot körib çiqilayotgani va agar u aybdor deb topilsa 30 kunga qamoqqa qamalişi va/yoki 50 dollar miqdorida jarima tölaşi mumkinligi aytilgan.
AQŞ prezidenti saylovlari 8 noyabrda bölib ötadi. Biroq mamlakatning 32 ştatida hozirdanoq ovoz beriş mumkin.












