Jahonda yuz bergan eng qiziqarli, noodatiy voqea-hodisalarning videotasmalarga muhrlanganlarini Kun.uz öz öquvçilariga tuhfa etadi. Eslatma: yaqin kunlardan boşlab sayt TAS-IX tizimida işlamoqda!
JT Singh nomi ostidagi videobloger Şanxay böylab sayohat qildi va teleportatsiya usulidagi videorolikni YouTube’da namoyiş qildi. Rolik muallifi Xitoyning eng yirik şahridagi an'anaviy inşootlarini emas, şahar çetida istiqomat qiluvçi oddiy uylardagi xonadonlar, köçalar, bozorlarni körsatib berdi.
27 yoşli toğ çanğiçisi-ekstremal Jyeremi Xeyts Pennin Alplaridagi (Şveytsariya) deyarli tik qoyani zabt etdi. U buni may oyida amalga oşirişga muvaffaq bölgan, biroq buning suratlari va videosi şu haftada çop etildi.
Texaslik paraşyutçi 3000 metrlik balandlikda krossovkasini tuşirib qöydi, lekin bunday kutilmagan vaziyatda özini yöqotib qöymadi va unga yetib oldi. Uning dubulğasiga örnatilgan kamera bu jarayonni muhrlaşga ulgurdi.
Transfer huquqi «Çelsi»ga tegişli bölgan «Betis» jamoasi yarim himoyaçisi Çarli Musonda Ispaniya çempionati doirasida «Real»ga qarşi öyindan keyin 20 daqiqa davomida madridliklar hujumçisi Kriştianu Ronalduni kutib turdi. U öz kumiri bölmiş futbolçi bilan suratga tuşiş hamda futbolkaga imzo qöydiriş uçun raqiblar futbolçisini yölakda kutib turgan.
Avstraliyada istiqomat qiluvçi Den Xyui Port-Feyri çekkasida baliq tutib yurganida akulaga töqnaş keldi va undan ajoyib usulda qutuldi. Mashable naşri uşbu video bilan bölişdi.
14 oktabr kuni Amerikaning Florida ştatida «Battle at the Bay 5» boksçilar şousi bölib ötdi. Unda özbekistonlik Botirali «Xalk» Mamajonov (5−0−0, 3 KO) ham ringga kötarildi. Bellaşuv Telemundo (AQŞdagi ikkinçi ispan tilli telekommunikatsion kompaniya) kanali orqali translyatsiya qilindi.
Rctestflight laqabi bilan tanilgan videobloger oktokopterga 1000 vatt kuçga ega Freefly Alta (sakkiz piçoqli piçoqlar) LED çiroğini örnatdi.
U töplagan dizayn 90 ming lyumenda yoruğlik oqimini çiqaradi va bu esa havodan noodatiy suratlar olişga yordam beradi. Avvalari bunga öxşaş suratga oliş uçun faqat oğir texnikali vertolyotdan foydalanilgan.
Xitoyda uç közli va 2 burunli tönğiz dunyoga keldi. Bu haqida "Sinxua" agentligi xabar berdi. U mamlakatning janubi-ğarbidagi fermalardan birida tuğildi.
Niderlandiya çempionatining ikkinçi divizionida iştirok etuvçi "Dender" va "Vilrayk" klublari örtasidagi uçraşuvda (2:0) 3 nafar politsiyaçi bezorilik qilayotgan muxlislar olomonini töxtata oldi.
«Lion» jamoasining braziliyalik himoyaçisi Rafael da Silva fransuzlar klubiga kelganida jarohat olib, maydonga tuşa olmaganida bu vaqt uçun maoş olişni istamagan.
Braziliyalik futbolçi 2015 yilning sentabrida bel qismidan şikastlangan va 1 oy davomida öyinlarda iştirok eta olmagan. Rafael «Lion» rahbariyati bilan uçraşib, öziga ötgan 1 oy uçun maoş tölamaslikni söragan. Lekin bu yuridik jihatdan ilojsiz edi.
Bahraynda bölib ötayotgan yoşlar örtasidagi Osiyo Çempionatining D guruhida 2-tur bellaşuvlari bölib ötdi.
Birinçi turda Tojikiston yoşlarini 2:1 hisobida mağlubiyatga uçratgan Jasur Abduraimov jamoasi ikkinçi turda Avstraliya vakillariga qarşi öynadi.
4 yoşli poliglot (köp tillarni biliş) qiz Bella Devyatkina internet ahlini lol qoldirdi. U 7 ta tilda, jumladan rus, ingliz, xitoy va arab tillarida sözlaşadi.
AQŞning Minnesota ştatida yaşovçi Dennis Erikson mahalliy çerkovga 30 mingta öyinçoq va haqiqiy avtomobillardan iborat kolleksiyasini hadya qildi, deb xabar bermoqda Motor1.com.
Rossiyalik bloger Wylsacom yangi rolik taqdim etdi. Unda bloger Samsung Galaxy Note 7 smartfonini portlatişga urinib köradi. Video uning YouTube-kanalida namoyiş qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «mitti Kim Çen In» nomini olgan xitoylik bolaning raqsi aks etgan video ommalaşmoqda. Rolik Daily Mail naşrining Twitter-akkauntida e'lon qilingan va bir kundan kam vaqt içida 200 layk va 150 repostga ega bölgan.
Turkiyaning DRT telekanalining ertalabki yangiliklar dasturi studiyasiga daydi muşuk kirib qolgan. Muşuk içkariga yopilmagan eşik orqali kirgan.
Hollivudning maşhur aktyori Tom Kruz CBS telekanalida Jyeyms Kordenning mehmoni böldi. 9 daqiqali sketçda aktyor boşlovçi bilan birgalikda özi boş rollarni ijro etgan filmlaridan sahnalarni jonlantirdi.
Reddit portalida 2012 yilda Tobias Xansson tomonidan tasvirga tuşirilgan videoga e'tibor qaratildi. Videoda sohilda turgan qizça suzib kelayotgan kemadan signal berişni qayta-qayta söraydi. Kema signal berganda esa qizça qörqqanidan qoçib ketadi.
Internetda Rosomaxa trilogiyasining “Logan” deb nom berilgan final qismi birinçi treyleri çiqdi. Logan - filmda Hyu Jyekman ijro etgan qahramonning ismi.
Yetti yaşar bolakayning oilasi uy şaroitida xonaki limonad tayyorlar, kiçik Sebastyan esa uni köçalarda butilkasini 20 sentdan sotardi. Şahar aholisi bolakayning asl maqsadini bilgaç, uning oilasini mahalliy bayramlarga şarbat sotişga çaqirişni boşladi.
YouTube videoxostingi ma'muriyati GTA V modifikatsiyasi tasvirlangan rolikni öçirib taşladi, unda S4 portlovçi moddasi örniga Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari qöllaniladi. Bu haqida The Verge ma'lum qildi.
Amerikalik maşhur rep ijroçi Eminem yangi trekida AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampga qarşi fikrlar bildirdi, deb xabar bermoqda Rolling Stone. Campaign Speech ("Saylovoldi nutqi") deb nomlangan qöşiq repçining bölğusi albomining tizeri böldi.
AQŞning CNN telekanali Respublikaçilar partiyasidan kongressmen Kris Kollinz bilan jonli efirda olib borgan muloqotini kutilmaganda uzib qöydi. Bunga, Kollinzning AQŞ prezidentligi uçun demokratlar nomzodi Hillari Klintonni yolğonçi deb atagani sabab böldi, deya xabar qilgan Heavy naşri.









